Mirzo Uluğbek tumanida qurilişi yillar davomida yakunlanmay kelayotgan «OLIMP» loyihasi atrofidagi muammo hamon öz yeçimini topgani yöq.
Avval xabar berganimizdek, 30-sentyabr kuni «ERNEST-HOLDING» MÇJ tomonidan qurilişi yakunlanmagan mazkur obyekt yuzasidan norozi fuqarolar bilan Mirzo Uluğbek tumani hokimligida uçraşuv ötkazilgan edi. 3-oktyabr kuni esa tuman hokimi Bahodir Ğoyibnazarov obyektning öziga borib, aholi bilan uçraşgan va ularning murojaatlarini eşitgan.
Öşa kuni fuqarolarga masala yana bir bor örganilişi va 8-oktyabr kuni quriliş kompaniyasi taʼsisçilari bilan uçraşuv ötkazilişi aytilgan. Biroq 8-oktyabr kuni kutilgan uçraşuv fuqarolar tasavvur qilganidek ötmadi.
Vaʼda qilingan uçraşuv vaʼdaligiça qoldi?
8-oktyabr kuni EFFECT.UZ ijodiy jamoasi ham Mirzo Uluğbek tumani hokimligi binosi oldida fuqarolar bilan birga böldi.
Maʼlum bölişiça, «ERNEST-HOLDING» MÇJning taʼsisçilari va vakillari hokimlikka kelgan. Ammo fuqarolarning taʼkidlaşiça, ularning hokim va aholi iştirokida birgalikda uçraşib, muammoni hal etiş böyiça oçiq muloqot ötkaziş istagi amalga oşmagan.
Keyinçalik kompaniya vakillari hokimlik masʼullari bilan alohida muloqot qilgani maʼlum böldi.
Bu yerda tabiiy savol tuğiladi:
Agar muammoning asosiy manfaatdor tomoni bölgan fuqarolar bir neça bor murojaat qilayotgan bölsa, nega ular iştirokida oçiq va aniq natijaga qaratilgan uçraşuv ötkazilmadi?
Eng muhimi, 8-oktyabrdan buyon vaziyatda qanday amaliy özgariş böldi?
Bugungi kunda fuqarolarning aytişiça, «OLIMP» muammosini hal etiş böyiça hokimlik tomonidan amalga oşirilgan aniq çora-tadbirlar haqida ularga maʼlumot berilmagan. Şuningdek, 3-oktyabr kuni obyektda berilgan topşiriqlarning ijrosi yuzasidan ham jamoatçilikka aniq axborot taqdim etilmagan.
Endi fuqarolar hokimlik ijrosini kutmayapti
Oradan vaqt ötmoqda. Quriliş esa hanuz yakunlanmagan. Fuqarolar esa yana bir uçraşuv yoki yana bir vaʼdani emas, amaliy natijani kutmoqda.
Şu sababli ular bugun tuman hokimligidagi masʼullarning keyingi harakatlarini kutib ötirmasdan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga murojaat qiliş uçun borgan.
Fuqarolarning bildirişiça, ular mazkur masalada endi Prezidentga işonç bildirmoqda va muammoni hal etişda yuqori darajada amaliy yordam söramoqda.
Bu holatning öziyoq savollarni yanada köpaytirmoqda. Çunki 3-oktyabr kuni tuman hokimi obyektga borib, muammoni şaxsan örgangan. 8-oktyabr kuni quriliş kompaniyasi taʼsisçilari va vakillari hokimlikka kelgan. Ammo 8-oktyabrdan keyin fuqarolar muammoning aniq yeçimi, bajarilgan işlar va keyingi qadamlar haqida rasmiy maʼlumot kutib qolmoqda.
«OLIMP» böyiça oçiq savollar
Avvalgi suriştiruvimizda «OLIMP» obyektining yer va quriliş hujjatlari tarixi, şuningdek, «ERNEST-HOLDING» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi yuritilgani haqida maʼlumot bergan edik.
Hujjatlarga köra, obyektning yer maydoni 2000-yilda şakllangan, keyinçalik uning bir qismi «ERNEST-HOLDING» MÇJga ötgan. 2021-yilda loyiha-smeta hujjatlari kelişilgan, 2023-yilda obyekt qayta davlat röyxatidan ötkazilgan. Şu bilan birga, obyekt bilan boğliq jinoyat işining ayrim qismlari böyiça sud qarorlari mavjud, işning boşqa qismi esa dastlabki tergovni davom ettiriş uçun Boş prokuraturaga yuborilgan.
Biroq bugun fuqarolar uçun eng muhimi:
«OLIMP» qaçon va qanday qilib yakunlanadi?
Hokimlik tomonidan 3-oktyabr kuni berilgan topşiriqlar bajarildimi?
8-oktyabr kuni kompaniya taʼsisçilari bilan ötkazilişi aytilgan muloqot nega fuqarolar iştirokida taşkil etilmadi? 8-oktyabrdan buyon qanday amaliy işlar qilindi?
Fuqarolarga nega bu işlar haqida aniq axborot berilmayapti?
Va nihoyat, fuqarolar nega öz muammosi yeçimini tuman hokimligidan emas, Prezident Administratsiyasidan izlaşga majbur bölmoqda?
Bu savollarga endi quruq vaʼdalar emas, aniq faktlar va amaliy natijalar bilan javob beriş vaqti keldi.
EFFECT.UZ «OLIMP» atrofidagi vaziyatni kuzatişda davom etadi.



