O'zbekiston

«Men vaʼda bermadim, çora-tadbir belgiladim» – Ramazon Aşrapov

Akmal Eshonxonov8 ko'rishlar
«Men vaʼda bermadim, çora-tadbir belgiladim» – Ramazon Aşrapov

Sayyor qabulda fuqarolar Tergov departamenti rahbari Ramazon Aşrapovdan iş böyiça amalga oşirilayotgan çoralar va yetkazilgan moddiy zararni qoplaş masalasini söradi. Aşrapov esa vaʼda emas, aniq çora-tadbirlar belgilanganini taʼkidladi.

Muloqot davomida fuqarolar işdagi asosiy talablari moddiy zararni qoplaş bilan boğliq ekanini bildirdi va işonç masalasini örtaga taşladi.

“Sizlarga işonsak böladimi?”, mazmunida savolga Aşrapov bu masala birinçi navbatda eʼtiborda ekanini aytdi.

«Davlat odami kim? Işonmasangiz, nega keldingiz. Men vaʼda qilmadim. Men çora-tadbir belgiladim. Men vaʼda bermayman», — dedi Ramazon Aşrapov fuqaroga javoban.

Uning maʼlum qilişiça, iş doirasida 12 nafar şaxsning javobgarligini taʼminlaş çoralari körilgan. Aşrapov hokimiyat vakillaridan tortib firibgarlikda gumonlanayotgan şaxslargaça aniqlanganini, ikki kişi qidiruvda ekani, qolgan şaxslarga nisbatan esa qamoq bilan boğliq va boşqa ehtiyot çoralari qöllanilganini bildirdi.

Tergov rahbari moddiy zararni qoplaş uçun mulklarni aniqlaş va xatlaş böyiça ham çoralar körilayotganini taʼkidladi.

«Sizning oğiringizni yengil qiliş — bizning töğridan-töğri vazifamiz. Bajarmasak, bizda bir kunga ötirişga ham haqqimiz yöq», — dedi u.

Şu bilan birga, Aşrapov yakuniy natija sud tomonidan hal etilişini qayd etdi. Sayyor qabulda fuqarolar, şuningdek, tegişli idoralarga murojaat qilişning özi qiyin bölayotganidan ham şikoyat qildi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

«Men vaʼda bermadim, çora-tadbir belgiladim» – Ramazon Aşrapov | Effect.uz