2026/2027 öquv yilidan boşlab davlat OTMlarida tahsil olayotgan pedagoglar farzandlari uçun tölov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida çegirma beriladi.
Çegirma davlat oliy taʼlim taşkilotlarining bakalavriat bosqiçida, kunduzgi taʼlim şaklida öqiyotgan pedagog farzandlariga tatbiq etiladi.
Agar pedagogning bir neçta farzandi davlat OTMida kontrakt asosida tahsil olayotgan bölsa, çegirma har bir farzand uçun alohida qöllaniladi.
Biroq imtiyoz quyidagi holatlarga tatbiq etilmaydi:
— oliy harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim taşkilotlarida;
— Özbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTM va ularning filiallarida;
— qöşimça va tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida;
— xorijiy hamkor OTMlarning qöşma taʼlim dasturlari va fakultetlarida;
— nodavlat oliy taʼlim taşkilotlarida tahsil olayotganlarga.
Çegirma oliş uçun pedagog farzandi kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi. Pedagog farzandi ekani «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali tasdiqlansa, çegirma avtomatik qöllaniladi.
Arizalar 2 iş kuni mobaynida körib çiqiladi.
Muhim jihat: mazkur çegirma bir öquv yili uçun bir marta qöllaniladi.
Agar pedagog keyinçalik pedagog toifasidan çiqarilsa, uning farzandiga çegirma keyingi öquv yilidan boşlab töxtatiladi.




