Qaror loyihasida 2028-yil 1-yanvardan "Bir yöl" yagona milliy raqamli transport platformasini joriy etiş ham belgilangan.
Özbekistonda 2030-yildan şaharlararo avtobuslar va şahar atrofi poyezdlarida yöl haqini naqd pulda tölaşdan töliq voz keçiş taklif etilmoqda. Şuningdek, elektron çipta xarid qilgan yölovçilarga kamida 20 foiz çegirma beriş rejalaştirilgan. Bu haqda Prezident qarori loyihasida söz boradi.
Hujjatga köra, 2027-yil 1-yanvardan 2029-yil 31-dekabrga qadar şahar atrofi poyezdlari, şahar atrofi va şaharlararo avtobuslarda elektron çipta xarid qilgan yölovçilarga kamida 20 foiz çegirma beriş taklif qilinmoqda.
Şuningdek, 2030-yil 1-yanvardan boşlab mazkur yönalişlarda yöl haqini naqd pulda tölaşni töliq bekor qiliş va faqat naqd pulsiz tölov tizimiga ötiş nazarda tutilgan.
Yagona raqamli transport platformasi joriy etiladi. Qaror loyihasida 2028-yil 1-yanvardan "Bir yöl" yagona milliy raqamli transport platformasini joriy etiş ham belgilangan.
Uşbu platforma orqali yölovçilar poyezd, samolyot, avtobus va şahar jamoat transportining yönalişlari, harakat jadvali, çipta narxlari hamda böş joylari haqida maʼlumot olişi mumkin böladi.
Bundan taşqari, safarni "eşikdan eşikkaça" rejalaştiriş, yagona buyurtma va tölov orqali elektron çiptalarni xarid qiliş hamda transfer xizmatlarini rasmiylaştiriş imkoniyati yaratilişi kutilmoqda.
Qayd etiş kerakki, uşbu çoralar hozirça Prezident qarori loyihasida nazarda tutilgan. Takliflarning amalga oşirilişi hujjatning belgilangan tartibda qabul qilinişiga boğliq.




