O'zbekiston

Toşkentda havo sifati yana yomonlaşdi

Akmal Eshonxonov10 ko'rishlar
Toşkentda havo sifati yana yomonlaşdi

Toşkentda 27-oktyabrdan 28-oktyabrga ötar keçasi havo sifati xalqaro AQI indeksi böyiça «noqulay» darajada saqlandi. Ayrim kuzatuv nuqtalarida esa «juda noqulay» körsatkiçlar qayd etildi.

Maʼlum qilinişiça, bunga haroratning pasayişi, şamolning juda kuçsizligi hamda şahar atrofida havo massalarining töplanişi sabab bölgan. Bu şaroit ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişini çeklab, atmosfera çiqindilarining yerga yaqin qatlamda saqlanib qolişiga olib kelgan.

Ekologik monitoring milliy markazi mutaxassislari keçasi Yunusobod, Olmazor, Yangixayot, Sergeli va Yaşnobod tumanlarida instrumental ölçovlar ötkazgan. Barça nuqtalarda PM2.5 miqdori «juda noqulay» toifaga mos kelgan.

Milliy havo sifati indeksi böyiça şaharning örtaça körsatkiçi PM2.5 uçun «sariq», PM10 böyiça esa «zarğaldoq» darajada qayd etilgan.

Prognozlarga köra, 28-oktyabr kuni kunduzgi soatlarda Toşkentda havo sifati xalqaro AQI böyiça «noqulay» darajada bölişi, milliy indeksda esa asosan «sariq», ayrim vaqtlarda «zarğaldoq» daraja kuzatilişi kutilmoqda. Keçki soatlarda ham havo sifati «noqulay» bölib qolişi mumkin.

Mutaxassislar bolalar, keksalar, homilador va emizikli ayollar, şuningdek, yurak-qon tomir va nafas yöllari kasalliklariga çalinganlarga keçqurun va tunda imkoni boriça taşqariga çiqmaslikni tavsiya qilmoqda. Zarur hollarda himoya niqobidan foydalaniş, oçiq havoda uzoq qolmaslik va keçasi derazalarni yopiq tutiş söralgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Toşkentda havo sifati yana yomonlaşdi | Effect.uz