«INSON» markazlari ğolib deb topildi, yana uçta loyiha finalistlar qatoriga kirdi.
Ozarbayjonning Xonkandi şahrida ötkazilgan «SOCGOV 2026 – Aqlli boşqaruv uçun raqamli tahlil» xalqaro forumi doirasida «AI4DOST Social Award 2026» tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Turli davlatlardan taqdim etilgan 84 ta loyihadan 20 tasi finalga çiqdi, 7 tasi ğolib deb topildi.
«Mintaqaviy ijtimoiy taşabbus» nominatsiyasi ğolibi:
«INSON markazlari va mahalladagi ijtimoiy xodimlar tizimi: mahalla bilan integratsiyalaşgan smart tizim». Bugungi kunda «INSON» tizimi Özbekistonning barça hududlarida faoliyat yuritmoqda: 208 ta markaz 100 dan ortiq xizmat körsatadi, ularning 80 foizdan ortiği raqamlaştirilgan.
Yana uçta loyiha finalist sertifikatlari bilan taqdirlandi:
«IMKON: Har bir bolaga eşiklarni oçamiz» («Mintaqaviy ijtimoiy taşabbus» nominatsiyasi);
«Yordamçi texnologiyalar uçun smart-vauçer ekotizimi» («Ijtimoiy sohada sunʼiy intellektga asoslangan raqamli yeçimlar» nominatsiyasi);
«Tösiqsiz kasblar» — Agentlik huzuridagi Xalqaro inklyuziv hub loyihasi («Mintaqaviy ijtimoiy taşabbus» nominatsiyasi).
Işimizning xalqaro darajada eʼtirof etilgani biz uçun quvonarli. Aholiga körsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni har bir inson uçun yanada qulay, zamonaviy va inklyuziv qilişga undaydi.




