O'zbekiston

"Iman"ga iymon kerakmi?

Administrator1 soat oldin18 ko'rishlar

Islom moliyasi tamoyillariga muvofiq faoliyat yuritişi kerak bölgan "Iman Invest" kompaniyasi atrofida mojaro yuzaga keldi.

Islom moliyasi böyiça xalqaro auditor Mahmud Usmon kompaniyada moliyaviy qoidabuzarliklar va bir neça million dollarlik kamomad borligini bildirmoqda. Kompaniya asosçisi Rustam Rahmatov esa bu ayblovlarni rad etmoqda.

Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi (IFCB) 2026-yil 25-oktabr kuni "Iman Invest" bilan hamkorlikni töxtatganini maʼlum qildi. Kengaş bayonotida investorlar mablağlaridan foydalaniş, foyda taqsimoti va ayrim xarajatlar yuzasidan jiddiy eʼtirozlar bildirilgan.

Mahmud Usmonning aytişiça, tekşiruv davomida kompaniya faoliyatiga oid şubhali moliyaviy operatsiyalar aniqlangan. U investorlar mablağlarining bir qismi belgilangan maqsadlardan boşqa yönalişlarga sarflangani haqida daʼvolarni ilgari surgan.

"Iman Invest" rahbariyati esa mustaqil şariat auditini ötkaziş uçun auditorlik taşkiloti bilan kelişuvga erişilganini va yangi Islom moliyasi kengaşini şakllantiriş işlari boşlanganini bildirgan.

Kompaniya asosçisi Rustam Rahmatov Mahmud Usmonning daʼvolarini rad etib, ular örtasidagi kelişmovçilik xizmat haqi va kompaniya aksiyalaridan uluş beriş masalalari bilan boğliqligini aytgan. Biroq bu fikr ham hozirça Rahmatovning şaxsiy bayonoti hisoblanadi.

Mahmud Usmon esa öz pozitsiyasini tasdiqlovçi hujjatlar, tuşuntiriş xatlari va uçraşuvlar yozuvlarini taqdim etişga tayyorligini bildirgan.

Kompaniyaning haqiqiy moliyaviy holati, kamomad haqidagi daʼvolar va investorlar oldidagi majburiyatlar mustaqil audit hamda tegişli hujjatlar asosida aniqlaştirilişi kerak.

Hozirça tomonlarning özaro ayblovlarini yakuniy tasdiqlangan fakt sifatida baholaşga asos yöq. Vaziyatga oydinlik kiritişda mustaqil audit natijalari va vakolatli organlarning xulosalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

"Iman"ga iymon kerakmi? | Effect.uz