«Iman Invest» atrofidagi mojaro yangi bosqiçga çiqdi. Kompaniya rahbari va xalqaro auditor örtasidagi özaro ayblovlar ortidan moliyaviy hujjatlar ham jamoatçilik eʼtiboriga havola qilindi. Endilikda uşbu masala atrofidagi muhokamalar yanada kengaymoqda.
Avvalgi materialimizda «Iman Invest» kompaniyasi bilan Islom moliyasiga muvofiqlik böyiça kengaş — IFCB örtasidagi hamkorlik töxtatilgani, şuningdek, kompaniya faoliyatiga doir jiddiy eʼtirozlar bildirilgani haqida maʼlumot bergan edik.
25-oktyabr kuni IFCB kengaşi aʼzosi, xalqaro auditor Mahmud Usmon kompaniya bilan hamkorlik töliq töxtatilganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlaşiça, ötkazilgan tekşiruvlarda investorlar mablağlaridan foydalaniş, moliyaviy operatsiyalar va islom moliyasi talablariga rioya etilişi bilan boğliq jiddiy savollar yuzaga kelgan.
Mahmud Usmon kompaniya faoliyatida bir neça million dollarlik kamomad borligini ham bildirdi. Şuningdek, investorlar mablağlarining ayrim xarajatlarga yönaltirilgani yuzasidan eʼtirozlarini bayon qildi.
Oradan köp ötmay, «Iman Invest» asosçisi va rahbari Rustam Rahmatov ham videomurojaat bilan çiqdi. U auditor tomonidan bildirilgan ayblovlarni rad etdi.
Kompaniya rahbari, şuningdek, avvalgi audit natijalarini tilga olib, moliyaviy faoliyatga oid hujjatlar va yangi tekşiruv natijalari haqida ham maʼlumot berdi.
Biroq Mahmud Usmon bu izohlarga rozi bölmadi. U öziga nisbatan bildirilgan daʼvolarni rad etib, kompaniya faoliyatiga oid hujjatlar, taftiş komissiyasi qarorlari va moliyaviy operatsiyalarni tasdiqlovçi materiallar mavjudligini bildirdi.
Auditorning bayonotiga köra, hujjatlarda avtomobil xaridi va boşqa moliyaviy operatsiyalar bilan boğliq masalalar ham aks etgan. U investorlar mablağlari taqdiri yuzasidan kötarilgan savollarga hujjatlar asosida javob berilişi kerakligini taʼkidladi.
Şundan söng mojaro faqat ikki tomon örtasidagi kelişmovçilik doirasidan çiqib, kengroq muhokama mavzusiga aylandi. Xususan, jamoat faollari hamda bloger-jurnalistlar ham uşbu mavzuga öz nuqtai nazarlaridan töxtalib ötişdi.
Ayni paytda mazkur mojaro yuzasidan javobini kutayotgan bir qator muhim savollar mavjud. Investorlar mablağlari qanday boşqarilgan? Kompaniya faoliyatiga oid moliyaviy eʼtirozlar hujjatlar bilan qay darajada tasdiqlanadi? Tomonlar örtasidagi qarama-qarşi bayonotlarga mustaqil tekşiruv qanday aniqlik kiritadi?
Bu savollarga javob topişda tomonlarning bayonotlari bilan bir qatorda, moliyaviy hisobotlar, mustaqil audit xulosalari va vakolatli organlarning rasmiy munosabati ham muhim ahamiyatga eg



