Qaşqadaryoning Nişon tumanida «Bobur» fermer xöjaligi va uning rahbari Bahodir Qöldoşevni köpçilik taniydi. Ayniqsa, hokimlar, prokurorlar va sudyalar.
U el qatori oddiy fermer. Biror olamşumul ixtiro qilmagan. Ammo u sakkiz yildan buyon bir narsani izlaydi — adolatni.
Bahodir Qöldoşev 2019-yildan beri özining qonuniy ravişda tortib olingan, deb hisoblaydigan yer maydonlarini qaytariş uçun sudma-sud sargardon bölib kelmoqda.
Uning «maşhurligi» ham aynan şunda — u çekinmadi. Va, ehtimol, çekinmoqçi ham emas. To adolat qaror topguniga qadar.
Tuğildi-yu, şu on böğildi. Sargardonçilikning boşlanişi
Bahodir Qöldoşev 1998-yilda fermerlik faoliyatini boşlagan. Öşa paytda 86 konturdan iborat bölgan, keyinçalik 54 konturga özgartirilgan 36 gektarlik yer maydonida «Bobur» fermer xöjaligini taşkil etgan.
2019-yilda yer maydonlarini maqbullaştiriş jarayonidan söng fermer xöjaligining yer maydoni salkam 106 gektarga yetkaziladi.
Qiziği şundaki, 2019-yil 23-yanvar kuni uşbu 106 gektar yerni ajratişga imzo çekkan Nişon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodov oradan atigi tört oy ötib, 24-may kuni mazkur yerlarni tuman zaxirasiga qaytariş haqida qaror qabul qiladi.
Şu tariqa fermerning yer maydoni yana uning tasarrufidan çiqariladi.
Fermerdan yer qaysi asosga köra olib qöyildi? Nega u bu qarorni qonuniy emas, deb hisoblaydi?
Bu savollar keyinçalik sudlarda ham öz aksini topadi.
2019-yil iyun oyida esa uşbu yerlarning bir qismi boşqa yuridik şaxslarga ajratib beriladi. Jumladan, «Nişan Çickenʼs» MÇJ XKga 36 gektar yer maydoni ajratiladi.
Bahodir Qöldoşev bu qarorlardan norozi bölib, sudga murojaat qiladi.
Nişon tuman maʼmuriy sudining 2019-yil 20-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan tuman hokimining fermerga tegişli 105 gektar yerni zaxiraga qaytariş hamda uşbu yerlarni boşqa ikki yuridik şaxsga ajratib beriş haqidagi qarorlari haqiqiy emas, deb topiladi.
Nişon tumani hokimligi uşbu qarordan norozi bölib, şikoyat qiladi.
Biroq 2020-yil 13-fevral kuni Qaşqadaryo viloyati maʼmuriy sudi kassatsiya instansiyasi sudi qarorni özgarişsiz qoldiradi.
Şu tariqa fermerning yerlarini zaxiraga qaytariş va keyinçalik boşqa subyektlarga ajratiş bilan boğliq hokimlik qarorlari sudlarda haqiqiy emas, deb topilgan edi.
Nişon tumani hokimligi esa Oliy sudga şikoyat qilmagan.
Demak, fermerning 106 gektar yerga bölgan huquqi amalda tiklanişi kerak edi.
Ammo voqealar bundan keyin yanada qiziq tus oladi.
Sud qarori bor edi. Ammo 36 gektar yana «Nişan Çickenʼs»ga berildi
2020-yil 20-mart kuni, yaʼni sud qarorlari bilan fermerning yerlarini zaxiraga qaytariş va boşqa yuridik şaxslarga ajratiş bilan boğliq avvalgi qarorlar haqiqiy emas, deb topilganidan keyin, hokim Muxtor Hayitmurodov yana qaror qabul qiladi.
Uşbu qaror bilan «Bobur» fermer xöjaligiga tegişli bölgan 36 gektar yer maydoni yana «Nişan Çickenʼs» MÇJ XKga ajratib beriladi.
Bu yerda eʼtiborli jihat şundaki, fermer keltirgan hujjatlarga köra, uşbu vaqtda mazkur yer maydoni «Bobur» fermer xöjaligiga tegişli bölgan.
Çunki 2019-yil 24-maydagi yerni zaxiraga oliş haqidagi hokim qarori sudlar tomonidan haqiqiy emas, deb topilgan.
Şunday ekan, savol tuğiladi:
Sudlar tomonidan haqiqiy emas, deb topilgan qaror asosidagi holat bartaraf etilmagan bir paytda, öşa yer maydoni qanday huquqiy asos bilan yana boşqa korxonaga ajratib berilgan?
Bu savolga javob berişda, avvalo, öşa davrda amal qilgan yer qonunçiligi va hokimlik qarorlarining huquqiy asoslari örganilişi kerak.
«Nişan Çickenʼs» ortida kim bor?
Fermerning daʼvosi faqat 36 gektar yerning qaytarilmayotgani bilan çeklanmaydi.
U «Nişan Çickenʼs» MÇJ XKga yer ajratilişi va uşbu korxona faoliyati atrofida manfaatlar töqnaşuvi bölişi mumkin, degan gumonlarni ham bildirmoqda.
Korxonaga yer, fermerning aytişiça, parrandaçilikni rivojlantiriş va investitsiya kiritiş şarti bilan berilgan.
Şuning uçun bu yerda yana bir savol paydo böladi:
Korxona mazkur majburiyatlarni bajardimi? Parrandaçilikni rivojlantiriş uçun vaʼda qilingan investitsiyalar kiritildimi? Ajratilgan yer maydonidan maqsadli va samarali foydalanilmoqdami?
Biz örganişlar davomida mazkur yer maydonlarida beda va boşqa ekinlar yetiştirilayotganini kördik.
Fermerning taʼkidlaşiça, yer maydonining bir qismida 22 gektarga yaqin maydonda beda, yana 13 gektar atrofida boşqa ekinlar yetiştirilmoqda.
Şu sababli quyidagi savollar oçiq qolmoqda:
Ajratilgan yerning asosiy maqsadi nima bölgan? Korxona bugungi kunda öz ustavida körsatilgan faoliyatni amalga oşiryaptimi? Investitsiya majburiyatlari bajarilganmi?
Bu savollarga korxonaning özi va tegişli mutasaddi taşkilotlar aniqlik kiritişi mumkin.
Prokuratura bilan boğliq daʼvolar nimadan iborat?
Maqolaning eng jiddiy qismi şu yerda boşlanadi.
Fermerning daʼvosiga köra, «Nişan Çickenʼs» MÇJ XK ortida prokuratura tizimida işlagan va hozir ham viloyat prokuraturasida faoliyat yuritayotgan şaxsning qarindoşi borligi uning yer masalasi yillar davomida hal bölmayotganiga sabab bölişi mumkin.
Gap 2022–2024-yillarda Nişon tumani prokurori bölib işlagan Şerniyoz Umrzoqovning akasi öğli Abdimurodov Temurbek Abdimurodoviç haqida ketmoqda.
Fermer taqdim etgan maʼlumotlarga köra, Abdimurodov Temurbek Abdimurodoviç «Nişan Çickenʼs» MÇJ XK taʼsisçilari orasida 33 foiz uluşga ega bölgan.
Korxona taʼsisçilari orasida ikki nafar Afğoniston fuqarosi ham borligi aytilmoqda.
Biroq muhim jihat: uşbu maʼlumotlarning özi prokuratura xodimi yoki uning qarindoşi fermerning yer masalasiga noqonuniy aralaşganini isbotlamaydi. Bu — fermer tomonidan bildirilayotgan gumon va iddao.
Şu sababli eng muhim savol boşqa:
Uşbu manfaatdorlik holati tegişli idoralar tomonidan örganilganmi? Agar örganilgan bölsa, qanday xulosa qilingan?
Jamoatçilik uçun aynan şu savolga aniq va hujjatli javob muhim.
«Jöjalar endi olib kelinadi...»
Örganişlarimiz davomida korxonaning parrandaçilik faoliyati bilan boğliq obyektlarini ham körişga harakat qildik.
Biz borgan joyda eski paxta tozalaş korxonasiga tegişli kiçikroq tovuq fermasi mavjudligini kördik. Şu yerda korxonaning Afğoniston fuqarosi bölgan taʼsisçilaridan birining oila aʼzolari ham uçradi.
Bizga jöjalar endi olib kelinişi aytildi.
Xalqimizda «jöjani kuzda sanaydilar», degan gap bor.
Bu yerda esa jöjalarni sanaydigan vaqt allaqaçon yetib kelganga öxşaydi.
Çunki yer ajratilganiga bir neça yil böldi.
Şuning uçun endi raqamlar va hujjatlar gapirişi kerak:
Qança investitsiya kiritildi? Qança parranda boqilmoqda? Qança mahsulot işlab çiqarilmoqda? Yerdan qanday maqsadda foydalanilmoqda?
Agar barça majburiyatlar bajarilgan bölsa, buni hujjatlar bilan körsatiş qiyin emas.
Sakkiz yillik savol
Bahodir Qöldoşevning aytişiça, u 2019-yildan buyon öz yerini qaytariş uçun turli idoralar va sudlarga murojaat qilib keladi.
Eng qiziği — uning ayrim talablari sudlarda ham öz tasdiğini topgan.
Şunday bölsa-da, 36 gektar yer masalasi hanuz oçiq qolmoqda.
Fermer xöjaligi iş yurituvçisi Imomyor aka esa bu vaziyat nafaqat fermerning özi, balki mamlakat obrösiga ham taʼsir qilişi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
«Bu yerlarning taʼsisçilari orasida Afğoniston fuqarolari bor. Ular öz yurtiga borib, bizdagi bunday holatlarni yurtdoşlariga aytib, ustimizdan kulmaydimi?» — deya savol qöyadi u.
Bu, albatta, hissiy munosabat.
Ammo masalaning mohiyati boşqa joyda.
Sud qarorlari mavjud bölgan holda yerning huquqiy maqomi nima uçun yillar davomida töliq hal etilmadi?
Nima sababdan sudda haqiqiy emas, deb topilgan qarorlardan keyin ham uşbu yer maydoni böyiça yangi qarorlar qabul qilindi?
«Nişan Çickenʼs»ga yer ajratişda belgilangan investitsiya va parrandaçilik majburiyatlari bajarilganmi?
Prokuratura tizimida işlagan şaxsning yaqin qarindoşi korxona taʼsisçilari orasida bölgani haqidagi maʼlumotlar vakolatli idoralar tomonidan tekşirilganmi?
Eng asosiysi:
Sakkiz yildan buyon sudma-sud yurgan fermerning qonuniy huquqi oxir-oqibat qaçon tiklanadi?
Biz işonamizki, bu savollarga javobni şaxslar emas, hujjatlar, sud qarorlari va qonun berişi kerak.
EFFECT.UZ mazkur masala böyiça fermerning murojaatida keltirilgan maʼlumotlarni örganişda davom etadi.
Şu bilan birga, «Nişan Çickenʼs» MÇJ XK va uşbu holatda nomi tilga olingan şaxslarning pozitsiyasini ham eşitişga tayyormiz.
Agar korxona yoki mutasaddi taşkilotlar yuqoridagi savollarga javob bersa, ularning munosabati ham maqolada töliq beriladi.



