O'zbekiston

Tibbiyot sohasiga 2,7 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

Akmal Eshonxonov20 ko'rishlar
Tibbiyot sohasiga 2,7 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

Özbekistonda soğliqni saqlaş sohasida umumiy qiymati 2,7 milliard dollarlik 35 ta investitsiya loyihasi şakllantirilgan. Mamlakatda yangi şifoxonalar quriş, mavjudlarini modernizatsiya qiliş va tibbiyot muassasalarini boşqarişga xususiy sektorni jalb etiş rejalaştirilmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev soğliqni saqlaş sohasiga investitsiya jalb qiliş, xususiy sektor iştirokini kengaytiriş va yirik tibbiyot obyektlarini quriş böyiça taqdimot bilan tanişgan.

Maʼlum qilinişiça, qiymati 2,7 milliard dollarlik 35 ta loyiha yangi ixtisoslaşgan markazlar va köp tarmoqli şifoxonalar quriş, mavjud tibbiyot muassasalarini zamonaviy jihozlaş hamda malakali kadrlar tayyorlaşni qamrab oladi.

Xususan, Milliy onkologiya markazi, Respublika nevrologiya va insult markazi, Toşkent viloyatida kattalar uçun köp tarmoqli tibbiyot markazi, Qaşqadaryoda yangi şifoxonalar, Nukusda onalar va bolalar markazini barpo etiş rejalaştirilgan.

Şuningdek, Termizda tibbiy taʼlim dasturlarini yölga qöyiş, davlat-xususiy şeriklik asosida Samarqandda 800 örinli şifoxona va Buxoro viloyatida köp tarmoqli tibbiyot muassasasini taşkil etiş közda tutilgan.

Bundan taşqari, umumiy qiymati 1 milliard dollarlik yana 9 ta istiqbolli loyiha böyiça takliflar işlab çiqilgan. Ular nevrologiya, ruhiy salomatlik, narkologiya, bolalar onkologiyasi va gematologiyasi, şoşilinç tibbiy yordam tizimini rivojlantiriş, tez yordam avtoparkini yangilaş hamda tibbiy kadrlar tayyorlaşga qaratilgan.

"Taqdimotda 2040-yilgaça möljallangan soğliqni saqlaş sohasining investitsiya strategiyasini işlab çiqiş taklif etildi. Bunda mavjud loyihalar qayta baholanib, hududlar ehtiyojiga mos investitsiya portfeli şakllantiriladi", - deyiladi xabarda.

2027-yildan tibbiyot muassasalarida autsorsingning yangi tartibi joriy etilişi rejalaştirilmoqda. Unga köra, şifoxonalar ayrim tibbiy va yordamçi xizmatlarni xususiy taşkilotlardan xarid qilişi mumkin böladi. 2030-yilgaça xizmatlar xaridida autsorsing uluşini 30 foizga yetkaziş maqsad qilingan.

Taʼkidlanişiça, jarayon şaffofligini taʼminlaş uçun “Tibbiyot autsorsingi” elektron tizimi yaratiladi. Unda xizmat körsatuvçilar, şartnomalar, bajarilgan işlar sifati va tölovlar nazorat qilinadi.

Şuningdek, 2030-yilgaça 5 ta yirik tibbiyot muassasasida professional boşqaruv tizimini joriy etiş rejalaştirilgan. Boşqaruvçilar oçiq tanlov asosida saralanib, ularning faoliyati har yili natija körsatkiçlari böyiça baholanadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Tibbiyot sohasiga 2,7 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi | Effect.uz