O'zbekiston

Beş kunlik vaʼda — bir yarim oylik sukut. Karimov vaʼdavozmi?

Akmal Eshonxonov24 ko'rishlar

Effect.uz jurnalisti Bekzod Rahmonov savol berdi, masʼul rahbar beş iş kunida örganişga vaʼda berdi. Ammo oradan qariyb bir yarim oy ötsa-da, fuqarolar kutgan aniq javob hanuz yöq. Bu orada esa gap 2,5 gektar hududdagi 1700 dan ortiq daraxt taqdiri va kadastr hujjatlariga kiritilgan özgartişlarning huquqiy asosi haqida ketmoqda.

Joriy yilning 17-sentyabr kuni Kadastrlar palatasi raisining vaqtinça vazifasini bajaruvçi Bekzod Karimovning sayyor qabuli bölib ötgan edi.

Unda Toşkent tumani Qizğaldoq MFY fuqarolari hududdagi daraxtlar taqdiri, şuningdek, 2021-yilda qabul qilingan 677-sonli yer ajratiş qarori yuzasidan savollarni kötarişgan.

Masalaning diqqatga sazovor jihati şundaki, fuqarolar taqdim etgan maʼlumotlarga köra, 677-sonli qarorda 2,5 gektar yer maydoni Qizğaldoq hududidagi Boğizilol MFY nomi bilan körsatilgan.

Biroq ularning aytişiça, 2024-yilda Kadastrlar palatasining Toşkent tumani bölimi tomonidan mazkur qarordagi mahalla nomi Qizğaldoq MFY sifatida özgartirilib, maʼlumotlar UZKAD tizimiga kiritilgan va kadastr hujjati rasmiylaştirilgan.

Şu örinda asosiy savol paydo böladi:

Mahalla nomi qaysi huquqiy asosda özgartirilgan? Bu özgartiş qaysi hujjatga tayangan? Uni tasdiqlovçi qonuniy asos mavjudmi?

Sayyor qabul davomida jurnalist ham aynan şu savolni Bekzod Karimovga bergan.

Kadastrlar palatasi rahbarining vaqtinça vazifasini bajaruvçisi esa masala beş iş kuni içida joyiga çiqqan holda örganilişini, zarurat bölsa, masʼul xodimlarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berilişini maʼlum qilgan. Ammo vaʼda qilingan beş iş kunidan ança ötdi.

Oradan qariyb bir yarim oy vaqt ötganiga qaramay, fuqarolarni qiziqtirayotgan asosiy savollarga aniq va huquqiy asoslangan munosabat bildirilmagan.

Ayni paytda esa masalaning yana bir muhim tomoni bor.

2,5 gektar hududda joylaşgan 1700 dan ortiq daraxtni majburiy tartibda köçiriş masalasi kun tartibida turibdi.

Fuqarolarning fikriça, sayyor qabuldan kutilgan natija bölmagan. Ular masʼul rahbarning vaʼdasiga işongan, ammo amalda 2024-yilda kadastr hujjatlariga qanday asosda özgartiş kiritilgani tuşuntirilmagani va masʼul xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berilgani haqida jamoatçilikka maʼlumot berilmaganini aytmoqda.

Şu bois bir neçta savolga javob kerak:

677-sonli qarordagi mahalla nomi özgartirilgan bölsa, bu qaysi hujjat asosida amalga oşirilgan?

Uşbu özgartişni UZKAD tizimiga kim va qaysi asosda kiritgan?

Nega beş iş kunida örganilişi aytilgan masala qariyb bir yarim oy ötsa-da, hanuz oçiq qolmoqda?

Sayyor qabullar fuqarolarning muammosini eşitiş bilangina çeklanmasligi, berilgan vaʼdalarning ijrosi ham taʼminlanişi kerak emasmi?

EFFECT.UZ mazkur holat yuzasidan Kadastrlar palatasi rahbariyatidan rasmiy munosabat kutadi.

Xususan, 677-sonli qarorga kiritilgan özgartişlarning huquqiy asoslari, UZKAD tizimiga maʼlumotlarni kiritiş tartibi hamda masʼul xodimlarning harakatlari yuzasidan aniq izoh beriş söraladi. Çunki masala faqat yer maydoni yoki kadastr hujjatida emas.

Gap 1700 dan ortiq daraxt taqdiri, 2,5 gektar hudud va fuqarolarning qonuniy huquqlari haqida ketmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Beş kunlik vaʼda — bir yarim oylik sukut. Karimov vaʼdavozmi? | Effect.uz