O'zbekiston

Yangilik qilib Amerika oçiş kerak emas. Navoiyda rahbar kelişi uçun pul yiğildi

Akmal Eshonxonov51 ko'rishlar

Ha, biz hali ham Özbekistondamiz. Taʼlimga vazir bölgan Erkinjon Turdimovdan keyin ham mamlakatda dunyoqaraş özgarmagani odamni xafa qilmasdan qöymaydi. Nima emiş, Respublika «Kelajak» markazi direktorining Navoiyga taşrifiga markaz direktorlaridan pul yiğilibdi. Haqiqatda, amerika oçiş şart emas, qaytaramiz biz hali ham öşa Özbekistondamiz. Taʼlimning sinovlariga, xuş kelibsiz Turdimov janoblari.

Respublika «Kelajak» markazi direktorining Navoiy viloyatiga taşrifi oldidan tuman va şahar markazlari direktorlaridan 1 million sömdan pul yiğilayotgani haqida EFFECT.UZ tahririyatiga murojaat kelib tuşdi. Agar bu maʼlumot tasdiqlansa, savol jiddiy: rahbarning xizmat safari xarajatlari kimning hisobidan qoplanişi kerak?

EFFECT.UZ manbasining maʼlum qilişiça, yiğilayotgan mablağlar rahbarning transport, mehmonxona, ovqatlanişi hamda taşrifni taşkil etiş bilan boğliq boşqa xarajatlariga sarflanişi aytilgan.

Şuningdek, manbaga köra, bunday pul yiğiş holati avval ham kuzatilgan. Ayrim hollarda yiğilgan mablağlarni xodimlarga «premiya» sifatida oylikka qöşib beriş rejalaştirilayotgani ham aytilgan.

Biroq suhbatda iştirok etgan ayrim şaxslar bunday pul yiğimi haqida oldindan xabardor qilinmaganini bildirgan.

Bu topşiriq kimdan çiqqan?

Murojaatdagi yana bir muhim jihat — mazkur taklifni tuman direktorlariga yetkaziş talabi Navoiy «Kelajak» markazi direktori Ğolibjon Abdiraxmonov tomonidan bildirilgani haqidagi maʼlumot.

Aytilişiça, bu masala Abdiraxmonovning tuman mutasaddilari bilan ötkazgan yiğilişida tilga olingan. EFFECT.UZ tahririyatida mazkur yiğilişga doir audiyozuv ham mavjud.

Agar rahbarning xizmat safari bilan boğliq xarajatlar haqiqatan ham quyi böğin rahbarlaridan yiğilayotgan bölsa, bu mablağlarning huquqiy va moliyaviy asosi qanday?

Savollar köp, javob esa oçiq qolmoqda

Rahbarning xizmat safari xarajatlari qaysi mablağ hisobidan qoplanadi? Xizmat safari uçun rasmiy smeta mavjudmi? Bu maqsadlar uçun byudjetdan mablağ ajratilganmi? Agar mablağ xodimlardan yiğilgan bölsa, uni yiğişga kim tomonidan va qaysi asosda topşiriq berilgan?

Eslatib ötamiz, Respublika «Kelajak» markazi 2025-yil 18-sentyabrdan Indira Xoldarova rahbarligida faoliyat yuritib kelmoqda.

EFFECT.UZ tahririyati mazkur murojaatda keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga hozirça yakuniy baho bermayapti. Şu bois Respublika «Kelajak» markazi va Taʼlim va ilm-fan vazirligidan uşbu holatga rasmiy munosabat bildirişni, pul yiğilayotgani haqidagi maʼlumotni tekşirişni hamda taşrif xarajatlari qaysi manba hisobidan qoplanişini oçiqlaştirişni söraymiz.

Yangilik qilib Amerika oçiş şart emas. Lekin taʼlim tizimida eskiça yondaşuvlar saqlanib qolayotgan bölsa, bu haqda savol berişga haqqimiz bor.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Yangilik qilib Amerika oçiş kerak emas. Navoiyda rahbar kelişi uçun pul yiğildi | Effect.uz