Özbekistonda pul belgilarini tayyorlaş, muomalaga çiqariş va naqd pul aylanmasiga oid talablar belgilandi. Yöriqnomaga köra, banknot va tangalardagi barça yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida bölişi şart.
Hujjatda qayd etilişiça, banknotlarda seriya va raqam, nominal qiymatning yozuvdagi ifodasi, ularning barça turdagi tölovlar uçun qabul qilinişi majburiyligi hamda qalbakilaştirganlik uçun javobgarlik haqidagi yozuvlar bölişi lozim.
Pul belgilarining dizaynida Özbekiston tarixi, milliy madaniyati, qadriyatlari, buyuk allomalar va mamlakat yutuqlarini aks ettiruvçi tasvirlardan foydalaniladi. Şuningdek, ular inson salomatligi uçun xavfsiz xomaşyodan tayyorlanişi va zamonaviy himoya elementlariga ega bölişi kerak.
Yöriqnomada aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqi ham kafolatlangan. Unga köra, banklar mijozlarning hisobvaraqlaridagi mablağlar doirasida naqd pul beriş talabini birinçi murojaatning özida uzluksiz qondirişi şart.
Banklar muomaladagi naqd pullarni nominal qiymati böyiça moneliksiz qabul qilişi, bankomatlarni esa naqd pul bilan taʼminlab borişi lozim. Naqd pul yetişmasligi kutilgan hollarda qöşimça mablağlarni jalb etiş çoralari köriladi.
Şuningdek, Markaziy bank va tijorat banklari talabga köra, bir nominaldagi pul belgilarini boşqa nominaldagi pullarga heç qanday tölov yoki vositaçilik haqisiz ayirboşlaydi.
Yangi banknot va tangalar muomalaga çiqarilişidan kamida bir hafta oldin bu haqda aholi xabardor qilinadi.




