Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quvvatlarini esa 500 ming tonnaga yetkazişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, qayta tiklanuvçi energiya quvvatlarini 25 gigavattga oşiriş va ularning elektr energiyasi işlab çiqarişdagi uluşini 54 foizga yetkaziş közda tutilgan.
Bu haqda Özbekiston va Turkiya iqtisodiy hamkorligining ustuvor yönalişlari muhokamasi doirasida maʼlum qilindi.
Jumladan, Jizzax viloyatida taşkil etilayotgan Atom sanoati maxsus sanoat zonasida 15 ta yönaliş böyiça mahsulot işlab çiqariş rejalaştirilgan. Uşbu mahsulotlar Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlarida quriladigan atom elektr stansiyalarining ehtiyojlariga ham yönaltiriladi.
Şu munosabat bilan turk kompaniyalari toğ-kon sanoati, mineral resurslarni çuqur qayta işlaş va «yaşil» energetika sohalarida yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişga taklif etildi.
Hamkorlikning yana bir ustuvor yönalişi elektrotexnika sanoati hisoblanadi. 2030-yilga qadar Özbekistonda uşbu tarmoq eksportini 5 milliard dollarga yetkaziş va 11,6 milliard dollar investitsiya jalb qiliş maqsad qilingan.
Turkiya kompaniyalariga misni çuqur qayta işlaş, elektronika, transformatorlar, maişiy texnika va elektr uskunalari işlab çiqariş böyiça özbekistonlik korxonalar bilan qöşma loyihalarni yölga qöyiş taklif etildi.




