⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Jamiyat

Namanganda 6-sinf oʻquvchisini zoʻrlagan 53 yoshli oʻqituvchi hibsga olindi

Abror Eshonxonov3 soat oldin77 ko'rishlar
Namanganda 6-sinf oʻquvchisini zoʻrlagan 53 yoshli oʻqituvchi hibsga olindi

Namangan viloyatida 53 yoshli oʻqituvchi 6-sinf oʻquvchisiga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilganlikda gumonlanib qoʻlga olindi.

Maʼlum qilinishicha, 2026-yil 28-mart kuni Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro H.D tuman IIB ga murojaat qilib, voyaga yetmagan farzandi O.O (2013-yilda tugʻilgan qiz bola) tumandagi umumtaʼlim maktabi 6-sinfda oʻqishi, mazkur maktabning oʻqituvchisi T.Sh (1973-yilda tugʻilgan erkak) uning farzandiga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqoʻrgʻon tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Gumonlanuvchi T.Sh protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi chorasi qoʻllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Bolalar ombudsmani oʻz vakolati doirasida bolaga qarshi sodir etilgan jinoyat ishi yurituvi hamda jabrlanuvchi-bolaning protsessual huquqlari taʼminlanishi yuzasidan oʻz kuzatuvini davom ettiradi”, - deyiladi xabarda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Namanganda 6-sinf oʻquvchisini zoʻrlagan 53 yoshli oʻqituvchi hibsga olindi | Effect.uz