Qorong‘i rejim
Siyosat

Mirziyoyev: «Logistika bölmasa, tovar almaşmasa, iqtisodiyot yurmaydi»

Akmal Eshonxonov15 ko'rishlar
Mirziyoyev: «Logistika bölmasa, tovar almaşmasa, iqtisodiyot yurmaydi»

Özbekistonning 300 milliard dollarlik iqtisodiyotga erişişida logistika hal qiluvçi omillardan biri sifatida körilmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev Çuqursoy quruqlik portidagi loyihalar bilan tanişar ekan, transport infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça masʼullarga aniq vazifalar berdi.

Prezident Transport vaziri Ilhom Mahkamovni çaqirib, bu yönalişda aniq topşiriqlar bergan. Çuqursoydagi loyihalar bilan bir qatorda Andijon, Samarqand, Navoiy va boşqa hududlardagi yirik logistika loyihalarini rivojlantiriş zarurligi taʼkidlangan.

«Logistika bölmasa, tovar almaşmasa, iqtisodiyot yurmaydi. Biz 300 milliard qilolmaymiz», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari logistika masalasi faqat Çuqursoy bilan çeklanmasligi, yirik loyihalarni kengaytiriş zarurligini taʼkidlagan.

«Kerak bölsa, ikki-uç kun qolib, kelganingdan keyin bu yerda bu bilan gaplaş. Hamma portlarga yölim bor, Yevropada skladim bor», — degan fikrlar ham bildirilgan.

Ayni paytda Toşkentdagi Çuqursoy quruqlik porti va terminallarida işlar boşlangan. Loyihani xalqaro standartlar asosida kengaytiriş va uni 24 davlatni qamrab olgan global logistika tarmoğiga integratsiya qiliş rejalaştirilmoqda.

Toşkent terminalini xalqaro portlar bilan töğridan-töğri logistika köprigi orqali boğlaş orqali Özbekistonning qişloq xöjaligi va sanoat mahsulotlarini Afrika, Hindiston, Fors körfazi hamda Yevropa bozorlariga yetkazib beriş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsad qilingan.

Şu nuqtai nazardan, Çuqursoy, Andijon, Samarqand va Navoiy kabi yirik logistika loyihalari Özbekistonning mintaqaviy logistika xabiga aylaniş strategiyasida muhim örin tutişi mumkin.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Mirziyoyev: «Logistika bölmasa, tovar almaşmasa, iqtisodiyot yurmaydi» | Effect.uz