Siyosat

Migrantlar nega kam maoşga işlayapti? Prezident hokimlarni tanqid qildi

Akmal Eshonxonov11 ko'rishlar
Migrantlar nega kam maoşga işlayapti? Prezident hokimlarni tanqid qildi

Xorijga işlaş uçun ketayotgan yurtdoşlarimiz kamida 2 ming dollar daromad bilan qaytişi kerak. Ammo ayrim hududlarda migrantlar oyiga 400–700 dollar atrofida pul topmoqda. Prezident bu holatni tanqid qilib, hokimlardan mehnat migratsiyasi böyiça tizimli tahlil va amaliy natija talab qildi.

Şavkat Mirziyoyev xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning daromadi hududlar kesimida turliça ekaniga eʼtibor qaratdi.

Prezident keltirgan raqamlarga köra, Farğona viloyatida xorijda işlayotgan bir nafar fuqaroga töğri keladigan örtaça oylik pul ötkazmasi 1 800 dollarni taşkil etmoqda. Ayrim boşqa hududlarda esa bu körsatkiç 400–700 dollar atrofida.

Davlat rahbari bu vaziyatni tanqid qilib, fuqarolarni xorijga kam daromadli işlarda işlaş uçun yuboriş örniga, ularga munosib mehnat şaroitlari yaratiş zarurligini taʼkidladi.

«Nima qilamiz ularni u yoqqa yuborib? Özimizda 500 dollar bemalol qilsa böladiku. Lekin odamlar yuribdi öşa yerda», — dedi Prezident.

Şuningdek, hokimlardan mehnat migratsiyasi masalasini oyma-oy tahlil qiliş, elçilar bilan muntazam muloqot örnatiş va xorijda işlayotgan fuqarolar uçun munosib şaroit yaratiş böyiça iş olib boriş talab qilindi.

Prezidentning fikriça, yoşlarni kasb va xorijiy tillarga yetarliça örgatmasdan turib, ularni kam daromadli işlarga yuboriş töğri emas.

«Eng kamida ikki ming dollar olib kelişi kerak hozirgi şaroitda, kamida», — deya taʼkidladi davlat rahbari.

Prezident Germaniyadagi iş beruvçilar 5 mingdan 7 ming yevrogaça iş haqi tölaşga tayyor ekanini ham misol qilib keltirdi. Uning taʼkidlaşiça, ana şunday munosib daromad fuqarolarga uy-joy, avtomobil xarid qiliş va oilaviy şaroitini yaxşilaş imkonini beradi.

Demak, mehnat migratsiyasida endi faqat qança odam xorijga yuborilgani emas, ular qanday kasb bilan, qaysi şaroitda va qança daromad olib işlayotgani ham asosiy mezon bölişi kerak.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Migrantlar nega kam maoşga işlayapti? Prezident hokimlarni tanqid qildi | Effect.uz