Toşkentda boşlangan Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumida Prezident Şavkat Mirziyoyevning anjuman iştirokçilariga murojaati öqib eşittirildi. Murojaatni Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov öqib eşittirdi.
Forumda 40 dan ortiq davlat vakillari, jumladan, taʼlim va fan vazirlari, 500 ga yaqin mahalliy va xorijiy oliygoh rahbarlari hamda 1000 dan ziyod ekspert iştirok etmoqda.

Prezident murojaatida Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida özaro işonç, yaxşi qöşniçilik va şeriklik mustahkamlanayotgani taʼkidlandi. Qariyb 85 million aholiga ega mintaqaning eng katta boyligi bilimga intilayotgan yoş avlod ekani qayd etildi.
«Ana şu ulkan demografik salohiyatni qudratli intellektual kuçga aylantirişda eng samarali yöl — sifatli, zamonaviy taʼlim va tarbiyadir», — deyiladi murojaatda.

Şuningdek, taʼlim islohotlari, öqituvçi va murabbiylar rolini oşiriş, maktab, texnikum, universitet va işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Prezident sunʼiy intellekt va zamonaviy muhandislik yönalişlarini rivojlantiriş, universitetlar örtasida qöşma dastur va tadqiqotlarni köpaytiriş, talabalar hamda olimlar almaşinuvini qöllab-quvvatlaş zarurligini taʼkidladi.
Davlat rahbari Markaziy Osiyoni ilm-maʼrifat, yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar birlaşgan umumiy intellektual makonga aylantiriş yölida forum doirasida amaliy takliflar ilgari surilişiga işonç bildirdi.




