Siyosat

Kosonsoyda qaysi “zam hokim” uşlandi: Toşpölatovmi, Şodibekovmi?

Akmal Eshonxonov77 ko'rishlar
Kosonsoyda qaysi “zam hokim” uşlandi: Toşpölatovmi, Şodibekovmi?

24-oktyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati Kosonsoy tumani hokimi örinbosarining pora bilan uşlangani aks etgan videolavhalarni eʼlon qildi. Biroq ayrim OAV videoda aks etgan şaxsni notöğri talqin qilib, boşqa hokim örinbosari uşlangani haqida xabar tarqatgan.

Effect.uzʼning aniqlaşiça, videolavhada aks etgan şaxs — Kosonsoy tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya bölimi boşliği lavozimida işlagan Elmurodjon Toşpölatov.

Ayrim OAVlar esa uning örniga Kosonsoy tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari — tuman qişloq xöjaligi bölimi boşliği Ğolibjon Şodibekov uşlangani haqida xabar bergan. Xususan, Şodibekovning suratlaridan foydalanilgan. Keyinçalik esa uşbu xabar notöğri ekani maʼlum bölganidan söng, surat olib taşlangan.

Effect.uzʼning mustaqil örganişida Ğolibjon Şodibekov 26-oktyabr kuni Kosonsoy tumani Xudoyberdiyev nomli MMTP hududidagi «Yangiyöl silver» fermer xöjaligi dala maydonida ötkazilgan seminarda iştirok etgani aniqlandi.

Seminar qişloq xöjaligida mavsumiy agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş hamda 2027-yil hosili uçun mustahkam zamin yaratiş masalalariga bağişlangan.

Maʼlumot uçun, DXX Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari Boş prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirda Elmurodjon Toşpölatov uşlangan.

U mahalliy tadbirkorga ijara asosida berilgan yer maydonini boşqa tadbirkorga olib beriş bilan qörqitib, öz xonadoniga 20 kVt quvvatli quyoş panellarini örnatib berişni talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida Toşpölatov quyoş panellarini sotib oliş va örnatiş xarajatlari uçun 65 million söm pul mablağini xizmat avtomaşinasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgani va tergov harakatlari olib borilayotgani maʼlum qilingan.

Şu tariqa, tarqalgan xabarlarda tilga olingan Ğolibjon Şodibekov emas, balki Elmurodjon Toşpölatov uşlangani aniqlanmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Kosonsoyda qaysi “zam hokim” uşlandi: Toşpölatovmi, Şodibekovmi? | Effect.uz