"Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.
Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.
Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart", — deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o'z telegram sahifasida.
Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi — Saida Mirziyoyeva
Administrator2 soat oldin23 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Siyosat
“Har doim — labbay, deymiz!” — Ashrapov fuqarolar murojaatiga shunday javob qaytardi
30-sentabr, 2026, 01:0441

Siyosat
Prezident bir qator mehnat faxriylarini faxriy unvon bilan taqdirladi
26-avgust, 2026, 14:40146

Siyosat
“Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadigan tadbirkorlar maʼlum boʻldi
14-avgust, 2026, 07:07202

Siyosat
Islom sivilizatsiyasi markazi yarim million mehmonni qabul qildi, yangi xalqaro loyihalar boshlanadi
10-iyun, 2026, 21:20115