Qorong‘i rejim
Siyosat

Bexzod Jumabayev Davlat Kadastrlar palatasiga rais böldi

Akmal Eshonxonov12 ko'rishlar
Bexzod Jumabayev Davlat Kadastrlar palatasiga rais böldi

Kadastr agentligi Xorazm viloyati boşqarmasi boşliği Jumabayev Bexzod Madaminoviç Davlat kadastrlari palatasi raisi etib tayinlandi.

Bundan avval uşbu lavozimni vaqtinça bajarib kelgan Bekzodjon Karimov bilan mehnat şartnomasi 29-oktyabr kuni taraflarning özaro kelişuviga köra bekor qilingan edi.

EFFECT.UZ manbasiga köra, Karimov Kadastrlar palatasi raisi örinbosari hamda rais vazifasini vaqtinça bajaruvçi sifatida atigi uç oy faoliyat olib borgan. U 6-avgust kuni boşqa işga ötgan Mohir Valiyev örnida iş boşlagan edi.

Karimovning mehnat şartnomasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi Kadastr agentligi direktori Sadriddin Turdiyev imzolagan buyruq asosida bekor qilingan. Hujjatda asos sifatida Mehnat kodeksining 157-moddasi hamda mehnat şartnomasini bekor qiliş böyiça qöşimça kelişuv körsatilgan.

Eslatib ötamiz, Bekzod Karimov lavozimda işlagan davrida Toşkent tumani Qizğaldoq MFY fuqarolarining murojaati böyiça sayyor qabul ötkazib, kötarilgan masalani beş iş kuni içida joyiga çiqqan holda örganişga vaʼda bergan edi. Uşbu holat yuzasidan EFFECT.UZ tomonidan material tayyorlangan.

Endi esa Kadastrlar palatasiga yangi rahbar — Xorazm viloyati boşqarmasi boşliği Bexzod Jumabayev tayinlandi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Bexzod Jumabayev Davlat Kadastrlar palatasiga rais böldi | Effect.uz