Özbekiston Harbiy sudi DXX raisining sobiq örinbosari, general-leytenant Ğayratulla Yoziyevni 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda «Ezgulik» inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov maʼlum qildi.
Ğayratulla Yoziyev 2024-yil dekabridan 2026-yil martiga qadar DXXning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasiga rahbarlik qilgan.
U Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik), 234-moddasi (qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş), şuningdek, hokimiyatni suiisteʼmol qiliş, hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi bilan boğliq modda böyiça aybli deb topilgan.
Sud mazkur iş doirasida DXXning yana olti nafar sobiq polkovnigiga ham uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan:
Alijon Aşurov — tovlamaçilik, sud işlariga aralaşiş va pora oliş ayblovlari böyiça 17 yil;
Muzaffar Nurboyev — hujjatlarni qalbakilaştiriş, qiynoqqa soliş, sud işlariga aralaşiş va talon-torojlik ayblovlari böyiça 17 yil;
Temur Şorisqiyev — tovlamaçilik, sud işlariga aralaşiş va pora oliş ayblovlari böyiça 16 yil 6 oy;
Gonçar Uzoqov — xuddi şu ayblovlar böyiça 16 yil 6 oy;
Suxrob Sayfitdinov — 16 yil;
O. Abdullayev — 15 yil.
Xabarda aytilişiça, jinoiy guruhning yana bir qator aʼzolari — Valiyev, Öroqov, Boysariyev va Şokirovga nisbatan ozodlikni çeklaş, jarima hamda axloq tuzatiş jazolari tayinlangan.
Maʼlum qilinişiça, Ğayratulla Yoziyev boşçiligidagi uşbu jinoyat işi Boş prokuraturaning Korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan tergov qilingan. Sudlanuvçilar 2026-yil bahorida hibsga olingan.
Şuningdek, Aşurov, Sayfitdinov, Uzoqov va Şorisqiyevga nisbatan Janubiy Koreya bilan boğliq, 90 million dollarlik zarar haqidagi alohida jinoyat işi böyiça ham sud hukmi çiqarilgani xabar qilingan.
Bu işdan taşqari, bir neça kun avval Elektron texnologiyalarni rivojlantiriş markazi rahbari, general-mayor Omonillaxon Hojiakbarov ham 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingani maʼlum qilingan.




