Samarqandda bolalar farovonligi va xavfsizligiga bağişlangan xalqaro sammit bölib ötdi. Unda turli davlatlarning birinçi xonimlari, BMT, UNICEF, Jahon banki, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va boşqa xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etgan.
Tadbirda sözga çiqqan Şahnoza Mirziyoyeva bolalarning salomatligi, farovonligi va xavfsizligini taʼminlaş har bir davlatning ustuvor vazifalaridan biri ekanini taʼkidladi.
U «bolalar — bizning kelajagimiz» degan tuşunçaga töxtalib, farzandlar ota-onalar uçun faqat kelajak emas, balki bugungi hayotning ham muhim qismi ekanini qayd etdi.
«Ota-ona uçun farzand şunçaki kelajak emas. Farzand — bugungi kunimiz», — dedi Şahnoza Mirziyoyeva.
Uning taʼkidlaşiça, bolalarni himoya qiliş ularning yonida böliş, xavfsizligini taʼminlaş va zarur paytda yordam berişdan boşlanadi.
Şahnoza Mirziyoyeva raqamli muhitning kengayişi, dunyodagi beqarorlik va turli ziddiyatlar bolalar hamda oilalar xavfsizligiga yangi xavflar keltirayotganini aytdi. Uşbu muammolarni hal etiş uçun davlat, biznes, fuqarolik jamiyati va xalqaro taşkilotlar hamkorligini kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi.
«Bugun bolalarimizning baxti, salomatligi va xavfsizligi bizning qölimizda. Şuning uçun bolalar oldidagi masʼuliyatimiz ertaga emas, aynan bugundan boşlanadi», — dedi u.




