Hisob palatasi 2026-yilning 9 oyida 84 ta audit tadbiri ötkazib, byudjet mablağlaridan foydalanişda trillion sömlik kamçilik va qonunbuzilişlarni aniqladi.
Bu haqda Hisob palatasining 9 oylik faoliyati yakunlariga bağişlangan brifingda matbuot kotibi Dildora Hoşimova maʼlum qildi.
Hisobot davrida ötkazilgan auditlarning 46 tasi masofaviy şaklda amalga oşirilgan. Şuningdek, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamğarmalari byudjetlarining 2026-yil birinçi yarim yillik ijrosi taşqi auditdan ötkazilgan.
Auditlar davomida:
— 2 trln sömlik moliyaviy xatolar aniqlangan;
— 4,2 trln sömlik xarajatlar maqbullaştirilgan;
— 23,6 mlrd sömlik noqonuniy xarajatlarning oldi olingan;
— 250,2 mlrd söm byudjetga undirilgan.
Daromadlar yönalişida esa 1,6 trln sömlik qöşimça soliq va majburiy tölov manbalari aniqlangan. Şundan 656,3 mlrd sömi byudjetga undirilgan.
Davlat xaridlari sohasida 10,2 trln sömlik qonunçilik talablari buzilişi holatlari aniqlangan.
Aniqlangan holatlarga huquqiy baho beriş uçun 4,8 trln sömlik hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilgan. 222,3 mlrd sömlik hujjatlar böyiça mansabdor şaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Ayni paytda Hisob palatasida xalqaro standartlar, raqamlaştiriş va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etişga qaratilgan transformatsiya jarayonlari davom ettirilmoqda.
Ilk bor oçiq tanlov eʼlon qilinib, unga 300 dan ortiq ariza kelib tuşgan.
Şuningdek, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida Davlat auditi oliy maktabi taşkil etilgan. Öquv dasturlariga CIPFA va INTOSAI standartlari asosidagi modullar kiritilgan.




