Siyosat

Kim qayerda bölsa ham, uning ortida Vatan bor

Akmal Eshonxonov2 ko'rishlar
Kim qayerda bölsa ham, uning ortida Vatan bor

Xorijda işlayotgan özbekistonliklar endi muammoga duç kelsa, «Onlayn mahalla» platformasi orqali murojaat qoldirişi mumkin. Zarur hollarda elçining özi fuqaro oldiga borib, uning huquqlarini himoya qiliş va muammosiga yeçim topiş bilan şuğullanadi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev xorijda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qiliş davlatning doimiy vazifasi ekanini taʼkidladi.

Davlat rahbari xorijda işlayotgan fuqarolarni oilasi rizqi va farzandlari kelajagi uçun mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlar deb atadi.

«Çet elda işlayotgan har bir yurtdoşimiz — oilasining rizqi, farzandlari kelajagi uçun tinimsiz mehnat qilayotgan haqiqiy mard insonlar. Ular ham bizning fuqarolarimiz, bizning farzandlarimiz!» — dedi Prezident.

Yangi mexanizmga köra, xorijda muammoga duç kelgan vatandoşlarimiz «Onlayn mahalla» platformasi orqali xabar qoldirişi mumkin. Zarur hollarda Özbekistonning xorijdagi elçisi fuqaroning oldiga borib, uning huquqlarini himoya qiliş va muammosini hal etiş çoralarini köradi.

«Çet elda mehnat qilayotgan birorta yurtdoşimiz öz muammosi bilan yolğiz qolmasligi kerak», — deya taʼkidladi davlat rahbari.

Şuningdek, hokimlar zimmasiga xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning oilasi va ota-onasi farovon yaşaşi, farzandlari sifatli taʼlim olişi uçun şaroit yaratiş vazifasi qöyildi.

Prezident taʼkidlaganidek, har bir yurtdoşimiz qayerda bölişidan qatʼi nazar, ortida uni qöllab-quvvatlaydigan Vatani borligini his qilib yaşaşi kerak.

Endilikda muhim masala — «Onlayn mahalla» orqali kelib tuşgan murojaatlar qançalik tezkor körib çiqilişi va xorijdagi fuqarolar muammolari amalda qanday hal etilişida.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Kim qayerda bölsa ham, uning ortida Vatan bor | Effect.uz