Kadastrlar palatasi raisining örinbosari, palatada raisning vaqtinça vazifasini bajaruvçi Bekzodjon Karimov işdan böşatilgan. U bu lavozimda atigi 3 oy faoliyat olib bordi, Karimov 6-avgust kuni boşqa işga ötgan Mohir Valiyev örnida iş boşlagandi.
Effect.uz manbasi tomonidan taqdim etgan maʼlumotga köra, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi Kadastr agentligi direktori Sadriddin Turdiyev tomonidan imzolangan buyruqqa köra, Bekzod Karimov bilan mehnat şartnomasi taraflarning özaro kelişuviga köra 29-oktyabrdan bekor qilingan.

Buyruqda asos sifatida Mehnat kodeksining 157-moddasi hamda mehnat şartnomasini bekor qiliş töğrisidagi qöşimça kelişuv körsatilgan.
Avvalroq Bekzod Karimov Toşkent tumani Qizğaldoq MFY fuqarolarining murojaati böyiça sayyor qabul ötkazgan va kötarilgan masalani beş iş kuni içida joyiga çiqqan holda örganişga vaʼda bergan edi. Uşbu holat yuzasidan EFFECT.UZ tomonidan material tayyorlangan edi.




