Maktab oşxonalarini «E-auksion» orqali ijaraga beriş tartibiga aniqlik kiritildi. Davaktiv agentligiga köra, ğolibni aniqlaşda tadbirkorlarning oldindan taqdim etgan ijara tölovi böyiça takliflari asos qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab oşxonalarini elektron savdo orqali ijaraga beriş öquvçilar uçun tayyorlanadigan taomlar narxi oşişiga olib kelişi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bu masalaga munosabat bildirib, elektron mexanizmdan asosiy maqsad maktablarda ovqatlaniş tizimini tijoratlaştiriş emas, balki ijara jarayonida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, tadbirkorlar uçun teng raqobat muhitini yaratiş hamda korrupsiyaviy xavflarni kamaytiriş ekanini maʼlum qildi.
Yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-yanvardagi 8-son qarori bilan joriy etilgan.
Unga köra, maktab oşxonasini ijaraga oliş istagidagi tadbirkorlar «E-auksion» platformasi orqali tanlovda iştirok etadi. Ular oldindan öz takliflarini, jumladan, ijara tölovi miqdorini taqdim etadi.
Ariza qabul qiliş muddati tugagaç, iştirokçilarning takliflari oçiladi va eng yuqori ijara tölovini taklif qilgan tadbirkor tanlov ğolibi deb topiladi.
Şuningdek, bu jarayon klassik auksiondan farq qiladi. Yaʼni, tadbirkorlar real vaqtda bir-birining narxini bosqiçma-bosqiç oşirib bormaydi.
Yana bir muhim jihat — ğolib bilan ijara şartnomasi bir kalendar yiliga emas, bir öquv yili muddatiga tuziladi.
Agentlik maʼlum qilişiça, 2026-yil 13-oktyabrdagi 563-son qaror bilan mazkur tartibga yana qöşimça va özgartirişlar kiritilgan.
Agentlikning taʼkidlaşiça, tizimdagi asosiy ustuvor vazifa — öquvçilarni sifatli, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan ovqatlaniş bilan taʼminlaş.
Demak, maktab oşxonasi «E-auksion»ga çiqarilganda ğolib şunçaki eng köp pul taklif qilgani uçun emas, balki belgilangan tanlov tartibi asosida aniqlanadi. Bunda ijara şartnomasi ham bir öquv yiliga tuziladi.




