⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Jahon

Isroil armiyasi Livan janubida cheklangan quruqlik operatsiyasini boshladi

Abror Eshonxonov2 soat oldin7 ko'rishlar
Isroil armiyasi Livan janubida cheklangan quruqlik operatsiyasini boshladi

Isroil armiyasi Livan janubida cheklangan quruqlik operatsiyasini boshlaganini maʼlum qildi. Bu haqda armiyaning arab tilida soʻzlovchi rasmiy vakili Avixay Adrai bayonot berdi.

Uning aytishicha, 91-diviziya soʻnggi kunlarda Livan janubidagi ayrim muhim nuqtalarda cheklangan harbiy harakatlarni boshlagan.

“91-diviziya kuchlari soʻnggi kunlarda janubiy Livandagi asosiy pozitsiyalarga qarshi cheklangan quruqlik amaliyotini boshladi. Bu operatsiya ilgʻor mudofaa hududini kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda”, — deb yozdi Adrai X ijtimoiy tarmogʻida.

Uning soʻzlariga koʻra, operatsiya doirasida “terrorchilik infratuzilmasi”ni yoʻq qilish va bu hududda faoliyat yuritayotgan jangchilarni yoʻq qilish rejalashtirilgan. Bu orqali Isroil shimolidagi aholi xavfsizligini taʼminlash koʻzda tutilgan.

Adraining taʼkidlashicha, quruqlik operatsiyasi boshlanishidan oldin artilleriya va harbiy-havo kuchlari Livan janubidagi bir qator nishonlarga zarba bergan.

Shu bilan birga, diviziya kuchlari hujum operatsiyalari bilan bir qatorda Galileya hududidagi aholi punktlarini himoya qilish vazifasini ham bajarmoqda.

Bunga javoban “Hizbulloh” harakati yakshanba kuni Isroil armiyasiga qarshi 25 ta harbiy operatsiya oʻtkazganini maʼlum qildi. Ularning 12 tasi Livan hududida amalga oshirilgan.

Shuningdek, Isroil qoʻshinlarining 9 ta ilgarilash urinishi qaytarilgani, raketa va dronlar yordamida 5 ta harbiy bazaga hujum qilingani maʼlum qilindi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Isroil armiyasi Livan janubida cheklangan quruqlik operatsiyasini boshladi | Effect.uz