Rim papasi Xerson viloyatining Oleshki shahridagi ogʻir gumanitar vaziyatdan xavotir bildirdi.
Rim papasi Lev XIV 16-oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Kreml va Vatikan matbuot xizmatlari xabar berdi.
Suhbat davomida Rim papasi Ukrainaning Xerson viloyatidagi Oleshki (ruscha nomi — Alyoshki) shahrida yuzaga kelgan ogʻir gumanitar vaziyatdan chuqur xavotir bildirdi. U aholiga oziq-ovqat va tibbiy yordam yetkazish, shuningdek, tinch aholini xavfsiz va ixtiyoriy ravishda evakuatsiya qilish uchun oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi.
Kreml bayonotiga koʻra, Putin Rim papasiga Oleshkidagi ogʻir gumanitar vaziyat uchun Ukraina hukumati javobgar ekanini tushuntirgan. Rossiya prezidenti Vatikan tomonidan shahar aholisining xavfsizligini taʼminlash va ularga zarur yordam yetkazish boʻyicha bildirilgan tashabbusni qoʻllab-quvvatlagan. Tomonlar bu borada hamkorlik qilishga kelishib olgan.
Ayni paytda Rim papasi Lev XIV shifoxonada davolanmoqda. Unga oʻpka adenokarsinomasi, yaʼni saratonning bir turi tashxisi qo'yilgan. Rim papasi operatsiyani boshdan va hozir sogʻligʻini tiklamoqda. U hali ham shifokorlar nazorati ostida bo'lib turibdi.
Rim papasi Putinga qoʻngʻiroq qildi
Administrator3 soat oldin26 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jahon
Rossiyada migrantlar ommaviy tekshirildi
3 soat oldin14

Jahon
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar noqulay ob-havo sabab ogohlantirildi
15-oktabr, 2026, 12:3913

Jahon
"Anorbank"ning asosiy aksiyadori interpol qidiruvidan yechilgani aytilmoqda
15-oktabr, 2026, 12:2860

Jahon
Rossiyalik reper Qozog‘istonda giyohvandlik moddalari kontrabandasida gumonlanib ushlandi
14-oktabr, 2026, 21:0723