Jamiyat

Erkinjon Turdimov yangi taqdimotlar bilan tanishdi

Administrator2 soat oldin24 ko'rishlar
Erkinjon Turdimov yangi taqdimotlar bilan tanishdi

Taqdimot davomida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov oliy ta’lim yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan tayyorlagan taqdimotlari bilan tanishdi.

Shuningdek, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning chuqur bilim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, tanlagan kasbini puxta egallashi, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi hamda o‘qishni tamomlagach, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishiga ko‘maklashish kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, professor-o‘qituvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari ham e’tibor markazida bo‘ldi.

Asosiy maqsad — oliy ta’limni shunchaki diplom beradigan tizim emas, balki yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, chuqur bilimga va puxta kasbiy tayyorgarlikka ega, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi etib tarbiyalaydigan muhitga aylantirish.

Taqdimotlar davomida mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish, ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish hamda belgilangan vazifalarni amaliy natijalar bilan bog‘lash zarurligiga alohida urg‘u berildi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Erkinjon Turdimov yangi taqdimotlar bilan tanishdi | Effect.uz