U fuqaroni tibbiyot markaziga işga joylaştirib qöyiş evaziga pul talab qilgan.
Toşkent viloyatining Zangiota tumanida mahalla raislaridan biri fuqaroni Respublika şoşilinç tibbiy yordam markaziga işga joylaştirib qöyiş uçun 3 ming AQŞ dollari talab qilganlikda gumonlanib, uşlandi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati boşqarmasi hamda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda 1985-yilda tuğilgan, Zangiota tumanidagi mahallalardan birining raisi K.U. fuqaroni tibbiyot markaziga işga joylaştirib qöyiş evaziga 3 ming dollar talab qilgani aniqlangan.
Mahalla raisi pulni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.




