Xitoydan avtomobil olib keliş va sotişni vaʼda qilgan «AVTO VILLAGE» MÇJ bilan şartnoma tuzgan yuzlab fuqarolar vaʼda qilingan maşinalarni ololmagani, ayrimlari esa tölagan mablağlarini ham qaytarib ololmayotganini bildirmoqda. Ular muammoga eʼtibor qaratişni sörab, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga murojaat qildi.
Bir neça yil avval «AVTO VILLAGE» MÇJ orqali Xitoydan avtomobil xarid qilişni rejalaştirgan fuqarolar kompaniya bilan şartnomalar tuzib, belgilangan mablağlarni tölagan. Murojaatçilarning aytişiça, nisbatan arzonlaştirilgan dastlabki tölovlar vaʼdasi köpçilikning kompaniyaga işonişiga sabab bölgan.
Biroq avtomobillar öz vaqtida yetkazib berilmagan. Şundan söng fuqarolar kompaniyadan tölangan mablağlarni qaytarişni talab qilgan.
Tahririyatga taqdim etilgan hujjatlar orasida qiymati 210 million söm bölgan va tölovi töliq amalga oşirilgan şartnoma ham mavjud. Şunga qaramay, murojaatçilarning bildirişiça, şartnoma böyiça majburiyatlar bajarilmagan.
Mazkur holat yuzasidan kompaniya vakillariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Ayrim şaxslar qölga olingan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kredit töladi, ammo avtomobil ololmadi
Murojaatçilar orasida jizzaxlik bir fuqaroning holati alohida eʼtiborga loyiq.
U aqliy rivojlanişida nuqsoni bölgan bolalar uçun kunduzgi parvariş boğçasi ehtiyojlari uçun Damas rusumli avtomobil xarid qilişni rejalaştirgan. Şu maqsadda bankdan kredit olib, «AVTO VILLAGE» MÇJ bilan şartnoma tuzgan.
Biroq bugunga qadar fuqaro na avtomobilni olgan, na tölangan mablağlarni qaytarib olgan. Ayni paytda u bankdan rasmiylaştirgan kreditini pensiyasi hisobidan tölaşda davom etmoqda.
Bu holat bajarilmagan şartnoma ortida faqat moliyaviy zarar emas, balki ijtimoiy ehtiyojlar ham qolib ketişi mumkinligini körsatadi.
Saida Mirziyoyevadan amaliy yordam söralmoqda
Bugun uşbu kompaniyadan jabr körganini aytayotgan fuqarolar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosi oldida yiğilib, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga murojaat qildi.
Ular holatni atrofliça örganiş, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş va tölangan mablağlarni qaytariş masalasiga eʼtibor qaratişni söramoqda.
Murojaatçilarning asosiy talabi — işning qonuniy va xolisona körib çiqilişi, tergov jarayoni natijalariga huquqiy baho berilişi hamda fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanişi.
Effect.uz tahririyati Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevadan mazkur murojaatga eʼtibor qaratişini va masʼul idoralar tomonidan muammoning qonuniy yeçimi topilişiga kömaklaşişini söraydi.
Tahririyat uşbu holat yuzasidan mutasaddi idoralar munosabatini ham olişga tayyor. Tergov natijalari va fuqarolar murojaatining keyingi taqdiri kuzatib boriladi.



