Qorong‘i rejim
Jamiyat

Mirziyoyev Misr prezidentiga taʼziya yölladi

Akmal Eshonxonov20 ko'rishlar
Mirziyoyev Misr prezidentiga taʼziya yölladi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Misr poytaxti Qohira yaqinida sodir bölgan yirik yonğin oqibatida köplab insonlar halok bölgani munosabati bilan Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiga taʼziya yölladi.

Maʼlum qilinişiça, fojia 25-noyabr kuni Qohirani aylanib ötuvçi halqa avtomobil yölining Giza viloyatidagi Varrak hududidan ötgan qismida sodir bölgan. Yonilği taşiyotgan yuk maşinasi ağdarilib ketişi oqibatida kuçli yonğin yuzaga kelgan. Alanga tez orada atrofdagi avtomobillarga ham tarqalgan.

Misr Soğliqni saqlaş vazirligining maʼlumotiga köra, hodisa oqibatida kamida 31 kişi halok bölgan, yana 21 kişi jarohatlangan. Dastlabki maʼlumotlarda qurbonlar soni boşqaça keltirilgan, şu bois yakuniy raqamlar özgarişi mumkinligi bildirilgan

Hodisa joyiga 39 ta tez tibbiy yordam maşinasi yuborilgan. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi şifoxonalarga olib borilgan. Yonğin oqibatida 20 dan ortiq avtomobil va mototsiklga zarar yetgani xabar qilingan.

Misr Boş prokuraturasi fojia sabablarini aniqlaş böyiça tergov boşlagan. Halok bölganlarning şaxsini aniqlaş maqsadida DNK namunalari olingan. Ayni paytda yuk maşinasi nima sababdan boşqaruvni yöqotgani yuzasidan rasmiy tergov natijalari kutilmoqda.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev halok bölganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq soğayib ketişini tiladi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Mirziyoyev Misr prezidentiga taʼziya yölladi | Effect.uz