Raqobat qömitasi aralaşuvi natijasida bir qator hududlarda fuqarolarga asossiz yeçilgan pullar qaytarildi. Şuningdek, yöl-transport hodisasidan keyin tölanmay kelgan 15 million sömlik suğurta tovoni undirilişi taʼminlandi.
Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, qömitaning hududiy boşqarmalariga kelib tuşgan murojaatlar örganilib, taʼlim, yoqilği, muddatli tölov, konsalting, suğurta va pul ötkazmalari sohalarida isteʼmolçilarning huquqlari tiklangan.
Jumladan, Qoraqalpoğistonda tikuvçilik kursi maşğulotlari bir neça bor özgartirilib, keyinçalik töxtatilgani sababli fuqaroga tölangan 2,6 million sömning 1,5 million sömi qaytarildi.
Andijonda onlayn ilova orqali AI-92 benzini uçun tölangan, ammo yoqilği qolmagani sababli berilmagan 158 ming söm fuqaroning bank kartasiga ötkazildi. Jizzaxda esa foydalanilmagan taʼlim kursi böyiça 6 million sömlik şartnoma bekor qilindi.
Navoiyda ikki fuqaroning bank kartalaridan asossiz yeçilgan 930 ming va 266 ming söm töliq qaytarildi. Samarqandda Germaniyaga sayohat böyiça körsatilmagan konsalting xizmati uçun tölangan 6 million söm ham fuqaroga qaytarildi.
Sirdaryoda muddatli tölov asosida olingan smartfon qarzi töliq yopilganiga qaramay, kartasidan yeçilgan 800 ming sömga yaqin mablağ qaytarildi.
Toşkent viloyatida esa yöl-transport hodisasidan keyin suğurta tovonini ololmagan fuqaroga «Kapital suğurta» kompaniyasi tomonidan 15 million söm tölanişi taʼminlandi. Toşkent şahrida «Alif mobile» ilovasi orqali ötkazilgan, ammo belgilangan hisobga tuşmagan va qaytarilmagan 1,7 million sömga yaqin mablağ ham egasiga qaytarildi.




