Qorong‘i rejim
Jamiyat

Xorijdagi navoiylik yoşlar uçun 24/7 rejimida maxsus platforma yaratiladi

Akmal Eshonxonov15 ko'rishlar
Xorijdagi navoiylik yoşlar uçun 24/7 rejimida maxsus platforma yaratiladi

Joriy yil 26-noyabr kuni Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov xorijiy davlatlarda ta’lim olayotgan va işlayotgan navoiylik yoşlar bilan oçiq va samimiy ruhda onlayn muloqot ötkazdi. Rasmiyatçilikdan xoli tarzda keçgan tadbirda AQŞ, Buyuk Britaniya, Yaponiya, BAA, Xitoy, Janubiy Koreya, Avstraliya va Rossiya kabi 10 dan ziyod mamlakatdan 70 nafarga yaqin yoşlar iştirok etdi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida xorijda tahsil olayotgan talabalar öquv jarayonlari, xalqaro maydondagi yutuqlari va orttirayotgan tajribalari bilan örtoqlaşdi. Xorijda mehnat qilayotgan yoşlar esa iş va yaşaş şaroitlari, mavjud imkoniyatlar hamda duç kelayotgan muammolar yuzasidan oçiq fikr bildirdi.

Bundan taşqari, iştirokçilar viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga hissa qöşiş, xorijdagi ilğor bilim va tajribani Navoiy taraqqiyotiga yönaltiriş hamda özaro hamkorlikni kengaytiriş böyiça qator taşabbuslarni ilgari surdi.

Viloyat rahbari har bir yoşning taklif va murojaatlarini diqqat bilan tinglab, kötarilgan masalalarni çuqur örganiş va zarur hollarda amaliy yordam körsatiş böyiça mas’ullarga aniq topşiriqlar berdi.

Uçraşuvning eng muhim yangiliklaridan biri — xorijdagi navoiylik yoşlar bilan 24/7 formatida doimiy aloqada böliş imkonini beruvçi maxsus dastur işlab çiqiş vazifasi qöyildi. Uşbu platforma orqali dunyoning istalgan nuqtasidagi navoiylik yoşlar öz taklif-taşabbuslarini tezkor yöllaşi va muammoli vaziyatlarda amaliy kömak olişi mumkin böladi.

Muloqot yakunida çet eldagi yoşlarning intellektual salohiyatidan viloyat ravnaqi yölida samarali foydalaniş, ularning istiqbolli loyihalarini qöllab-quvvatlaş va yurt bilan riştalarini mustahkamlaş işlari izçil davom ettirilişi ta’kidlandi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Xorijdagi navoiylik yoşlar uçun 24/7 rejimida maxsus platforma yaratiladi | Effect.uz