Qorong‘i rejim
Jamiyat

Sud köçirişni rad etdi. Unda nega özboşimçalikka yöl qöyildi? Tört farzandli ona himoyaga muhtoj

Akmal Eshonxonov12 ko'rishlar
Sud köçirişni rad etdi. Unda nega özboşimçalikka yöl qöyildi? Tört farzandli ona himoyaga muhtoj

Sud bir oilani uydan majburiy köçiriş haqidagi daʼvoni rad etgan. Ammo oradan köp ötmay, ayolning aytişiça, uning buyumlari uydan olib çiqilib, özi qizlik uyiga olib borib taşlangan. Endi u huquqlarini himoya qiliş uçun masʼul idoralardan yordam söramoqda.

Avvalroq EFFECT.UZ saytida Farğona viloyati Oltiariq tumanida 19 yillik turmuşi davomida tört nafar farzandni tarbiyalab kelayotgan Ş. Abdurahmonovaning oilaviy muammosi yoritilgan edi.

Sud qarorida nima deyilgan?

2026-yil 28-sentyabr kuni Fuqarolik işlari böyiça Rişton tumanlararo sudi M. Töxtanazarovning Ş. Abdurahmonova va uning oila aʼzolarini uydan majburiy köçiriş haqidagi daʼvo talablarini rad etgan.

Sud hujjatida ayol va uning tört nafar voyaga yetmagan farzandi 2010-yil aprel oyidan buyon uşbu xonadonda yaşayotgani, uyga mulkdorning roziligi bilan joylaşgani hamda undan foydalaniş huquqiga ega ekani qayd etilgan.

Biroq sudning mazkur qaroriga qaramay, keyinçalik xonadonda boşqa holat yuz bergan.

Suddan keyin nima bölgan?

Ş. Abdurahmonovaning bildirişiça, 2026-yil 11-oktyabr kuni keçki vaqtda qaynotasi va boşqa qarindoşlari xonadonga kelgan. Ular ayolning roziligisiz şaxsiy buyumlarini maşinaga yuklab, uni qizlik uyiga olib borib taşlaşgan.

Ayolning aytişiça, u bunga eʼtiroz bildirganida, uyni böşatmasa, öldiriş bilan tahdid qilingan.

Bu holatda bir qator savollar tuğiladi: sud orqali köçirişga erişa olmagan tomon nega sud qaroridan taşqari harakat qilgan? Fuqaroning uy-joydan foydalaniş huquqi özboşimçalik bilan çeklanişi mumkinmi?

Albatta, keltirilgan holatlarga huquqiy baho beriş vakolatli organlarning vazifasi. Ammo sud hujjati mavjud bölgan şaroitda fuqaroning huquqlari qanday himoya qilingani oçiq qolmoqda.

102 ga qönğiroqlar va natijasiz murojaatlar

Ş. Abdurahmonovaning aytişiça, u bir neça bor 102 raqamiga qönğiroq qilib, yordam söragan. Biroq uning fikriça, murojaatlari hanuzgaça kutilgan natijani bermagan.

22-noyabr kuni EFFECT.UZ ijodiy guruhi Farğona viloyati IIB boşliğining şaxsiy qabuliga bordi. Biroq qabulga kiriş imkoni bölmadi. Maqsadimiz mazkur holatni viloyat içki işlar organlari rahbariyati eʼtiboriga yetkaziş va rasmiy munosabat oliş edi.

Masʼul idoralardan javob kutamiz

Farğona viloyati IIB va prokuraturasiga quyidagi savollar bilan murojaat qilamiz:

Sudning köçiriş haqidagi daʼvoni rad etgan qarori keyingi harakatlarda inobatga olinganmi?

Ayolning buyumlari roziligisiz uydan olib çiqilgani haqidagi vajlar tekşirilganmi?

Öldiriş bilan tahdid qilingani va 102 raqamiga qilingan qönğiroqlar yuzasidan qanday çoralar körilgan?

Tört nafar voyaga yetmagan farzandi bor onaning huquqlari va xavfsizligi qanday taʼminlanadi?

Masʼul idoralardan uşbu holatni nazoratga olib, sud hujjati, 102 raqamiga qilingan murojaatlar va ayol bildirgan vajlarni xolisona örganişni söraymiz.

Sud qarori bor ekan, uning ijrosi va fuqarolar huquqlarining himoyasi taʼminlanişi şart. Heç kim özini sud örniga qöyib, boşqa bir insonning huquqlarini özboşimçalik bilan çeklaşga haqli emas.

EFFECT.UZ holat yuzasidan masʼul idoralar va ikkinçi tomonning munosabatini ham örganişda davom etadi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Sud köçirişni rad etdi. Unda nega özboşimçalikka yöl qöyildi? Tört farzandli ona himoyaga muhtoj | Effect.uz