«Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbiri davomida Davlat xavfsizlik xizmati va Toşkent şahar IIBB xodimlari poytaxtda Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlatlari fuqarolari tomonidan taşkil etilgan ikki noqonuniy koll-markaz faoliyatini aniqladi.
Tezkor tadbirda jami 122 nafar xorijlik aniqlanib, ulardan 18,5 ming dollar, 116,5 million söm, 67 ta noutbuk, 569 ta telefon, 6 ta Wi-Fi qurilmasi, 3 ta sunʼiy yöldoş aloqa qurilmasi, 5 ta kompyuter, 3 ta planşet va xorijiy mobil operatorlarga tegişli 1 000 dan ortiq SIM-karta aşyoviy dalil sifatida olindi.
Maʼlum qilinişiça, ular Yevropa va Şarqiy Osiyo mamlakatlaridagi onlayn-platformalar orqali firibgarlik sxemalarini amalga oşirgan. Şuningdek, virusli havolalar yuboriş orqali xorijiy fuqarolarning pullarini özlaştiriş bilan şuğullangan.
Bundan taşqari, 64 895 USDT miqdoridagi kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasi ham aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




