Toşkent şahar prokuraturasi tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekşiriş tartibini buzgan soliq xodimiga nisbatan jinoyat işi qözğatdi.
Holatga Jinoyat kodeksining 192²-moddasi asos bölgan. Unga köra, tadbirkorlik subyektlarini tekşirişning belgilangan tartibini buziş yoki ularni qonunga xilof ravişda tekşiriş taşabbusi bilan çiqiş maʼmuriy jazodan keyin takror sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka sabab böladi.
Mazkur moddada huquqbuzarlikning oğirlik darajasiga qarab jarima, muayyan huquqdan mahrum qiliş, majburiy jamoat işlari, ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş jazolari belgilangan.
Jumladan, juda köp miqdorda zarar yetkazilgan yoki harakat uyuşgan guruh manfaatlarini közlab sodir etilgan bölsa, beş yildan yetti yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanilişi mumkin.




