Qorong‘i rejim
Jamiyat

Toşkentda çiqindi olib ketiş xizmati narxi oşişi mumkin

Akmal Eshonxonov9 ko'rishlar
Toşkentda çiqindi olib ketiş xizmati narxi oşişi mumkin

Toşkent şahrida aholi uçun çiqindi olib ketiş xizmatining oylik tölovi kişi boşiga 8 400 sömdan 11 200 sömga oşirilişi taklif etilmoqda.

Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi komissiyasi 25-noyabr kuni 2027-yil uçun maişiy çiqindilar bilan boğliq xizmatlar tariflari loyihasini maʼqulladi.

Yangi tarifga köra, aholi uçun QQS bilan oylik tölov 11 200 sömni taşkil etadi. Bu amaldagi 8 400 sömdan 33,3 foiz köp.

Yuridik şaxslar, byudjet taşkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun ham çiqindilarni olib çiqiş, taşiş, qabul qiliş va utilizatsiya qiliş xizmatlari narxini oşiriş taklif etilmoqda.

Qaror loyihasi 15 kun davomida jamoatçilik muhokamasiga qöyiladi. Şundan söng uni şahar kengaşi sessiyasida körib çiqiş rejalaştirilgan.

Hozirça bu tariflar loyiha hisoblanadi, yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Toşkentda çiqindi olib ketiş xizmati narxi oşişi mumkin | Effect.uz