Namangan şahrida Qizil kitobga kiritilgan ikki turdagi yovvoyi quşni saqlayotgan va ulardan birini sotmoqçi bölgan fuqaro aniqlandi.
Ekologiya boşqarmasi Ekopolitsiya tezkor guruhi va içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan reydda «Yangi asr» mahallasida yaşovçi K.B. loçinlar oilasiga mansub itolğini sotayotgan vaqtida qölga olingan. Şuningdek, uning xonadonida qarçiğay quşi ham saqlanayotgani aniqlangan.
Quşlar Töraqörğon tumanidagi maxsus pitomnikka topşirildi. Huquqbuzarlik oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar 1,3 milliard sömdan ziyod deb hisoblangan.
Holat böyiça hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş uçun prokuratura organlariga yuborilgan.




