O'zbekiston

Endi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ladi

Administrator48 daq oldin8 ko'rishlar
Endi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ladi

Tegishli o‘zgartirishlar prezident imzolagan yangi qonunda belgilandi.

O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlikka guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi. Bu prezident tomonidan imzolangan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qonunda nazarda tutilgan.

Hujjat bilan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlikka guvoh bo‘lgan bolalar tegishli protsessual harakatlarga jalb etilgan vaqtdan e’tiboran davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, jinsiy zo‘ravonlikka oid jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirokini ta’minlash choralari ko‘riladi.

Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi, homiysi yoki boshqa qarindoshlari tomonidan jinoyat sodir etilgan hollarda tergov va sud jarayonidagi barcha protsessual harakatlarda vasiylik va homiylik organi vakili ishtirok etishi ham belgilandi.

Bundan tashqari, qonun bilan bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan ta’lim tashkiloti xodimi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning qo‘shimcha asosi kiritildi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Endi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ladi | Effect.uz