Uchrashuv davomida ishtirokchilar sud tizimi faoliyati, ochiqlik masalasi va jamoatchilik vakillarining qabulga kirish tartibi borasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Ayrim masalalar yuzasidan savollar koʻtarilib, murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonida shaffoflikni taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.
Faollar taʼkidlashicha, sud organlari bilan muloqotda ochiq format va jamoatchilik uchun qulay mexanizmlar yaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, qabul jarayonining tartibi va amaliyoti boʻyicha qator takliflar ilgari surilgan. Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish va koʻtarilgan masalalarni huquqiy doirada muhokama qilishga kelishib olingani qayd etildi.



