Sud qaroriga koʻra, oʻtgan yilning 23-sentyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari Xayrulla Asadovga tegishli kitob doʻkonida tekshiruv oʻtkazgan.
Oʻtkazilgan tekshiruv natijasiga koʻra, Asadov xaridorga 20 ming soʻmga xarid cheki bermagani va kunlik savdodan tushgan 20 ming soʻm pulni onlayn nazorat kassa mashinasi xotirasiga kiritmagani, shu bilan birgalikda hujjatlarsiz faoliyat yuritayotgani aniqlangan.
Sud jaraniyoda Xayrulla Asadov qilmishidan pushaymon ekanligini, bu kabi harakatlarni boshqa sodir etmasligini aytib, suddan yengillik soʻragan.
JIB Mirzo Ulugʻbek tuman sudining 2026-yil 6-yanvardagi qarori bilan Asadov MJTKning 176-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarligini sodir qilgan deb topilib, unga BHMning 5 baravari (2 mln 60 ming soʻm) miqdorida jarima solingan.
Shuningdek, Xayrulla Asadovning narxi 1 mln 520 ming soʻm boʻlgan 3 turdagi 100 dona kitobi tegishli tartibda musodara qilingan.
Toshkent shahar sudlari mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi:
“Maʼnaviyat va savdo oʻrtasida farq bor. Kitob – maʼnaviyat vositasi ekani toʻgʻri, biroq u sotuvda tovar hisoblanadi, sotuvchi esa savdo qoidalariga rioya etishi kerak”, — deyiladi munosabatda.
“Tirik kitob” jarimaga tortildi va kitoblari musodara qilindi
Administrator4-mart, 2026, 13:39163 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar
Jamiyat
Buxorodagi AGQSH mashmashasi: davlat idoralari xatosi uchun tadbirkor aybdormi?
19 soat oldin0

Jamiyat
«Xon Saroy»dan kutilmagan burilish: Mijozlar ishongan yirik qurilish kompaniyasi ishi sudda koʻrilmoqda
12-may, 2026, 04:150

Jamiyat
Xorazmda shubhali savdo: 1 mln dollarlik “Akvapark” Prezident qaroriga zid ravishda sotilgani maʼlum boʻldi
2-may, 2026, 21:080

Jamiyat
Oʻzbekistonda jinsiy jinoyatlar tergovi prokuraturaga oʻtishi mumkin
19-aprel, 2026, 19:280