Istanbul, Yalova va Kojaeli viloyatlarida kuchli yomg‘ir va shamol sabab suv toshqinlari xavfi yuzaga kelishi mumkin. O‘zbekistonliklardan ehtiyot choralariga rioya qilish so‘raldi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyaning Istanbul, Yalova va Kojaeli viloyatlarida yashayotgan hamda vaqtincha bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ob-havo sharoitining yomonlashishi munosabati bilan ogohlikka chaqirdi.
Bosh konsulxona maʼlumotiga ko‘ra, kuchli yomg‘ir, shamol va noqulay ob-havo sharoitlari suv toshqinlari, yo‘llarda harakatlanishning qiyinlashishi hamda boshqa favqulodda holatlar xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Shu munosabat bilan fuqarolarga zarurat bo‘lmasa, uzoq masofalarga safar qilmaslik, kuchli yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planishi mumkin bo‘lgan pastqam hududlar, yerosti yo‘llari va tunnellardan uzoqroq bo‘lish tavsiya etildi.
Shuningdek, dengiz sohillari, daraxtlar, elektr uzatish tarmoqlari va mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalar yaqinida ehtiyotkor bo‘lish, avtomobil boshqarishda tezlikni kamaytirish va xavfsiz masofani saqlash so‘raldi.
Bosh konsulxona fuqarolarni Turkiyaning vakolatli idoralari tomonidan eʼlon qilinayotgan rasmiy ogohlantirish va tavsiyalarga amal qilishga, o‘z xavfsizligi hamda yaqinlari salomatligiga alohida eʼtibor qaratishga chaqirdi.
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar noqulay ob-havo sabab ogohlantirildi
Administrator2 soat oldin7 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jahon
"Anorbank"ning asosiy aksiyadori interpol qidiruvidan yechilgani aytilmoqda
2 soat oldin38

Jahon
Rossiyalik reper Qozog‘istonda giyohvandlik moddalari kontrabandasida gumonlanib ushlandi
18 soat oldin21

Jahon
Rim papasida o‘pka saratoni aniqlandi
14-oktabr, 2026, 13:4224

Jahon
Dyatlov dovoni: 9 kishi togʻda nega halok boʻlgandi?
13-oktabr, 2026, 13:03236