Lev XIV 2025-yil may oyida Rim-katolik cherkovi rahbari etib saylangandi.
Rim papasi Lev XIVda o‘pka saratoni aniqlandi. 71 yoshli pontifik 13-oktyabr kuni Italiya poytaxti Rimdagi Agostino Jemelli universitet klinikasida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Operatsiya davomida uning o‘ng o‘pkasi pastki bo‘lagi olib tashlandi. Bu haqda Vatikan matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, dastlab operatsiya o‘pkada aniqlangan tugunsimon hosilani tekshirish va olib tashlash maqsadida rejalashtirilgan. Jarrohlik vaqtida olingan to‘qimalarning gistologik tekshiruvi natijasida xavfli o‘sma — o‘pka adenokarsinomasi borligi tasdiqlangan.
Operatsiya taxminan 90 daqiqa davom etgan va asoratlarsiz yakunlangan. Jarrohlikdan keyin Lev XIV hushiga kelgan va qisqa muddatli kuzatuvdan so‘ng oddiy palataga o‘tkazilgan. Shifokorlarning dastlabki baholashlariga ko‘ra, pontifikning shifoxonada tiklanish davri taxminan bir hafta davom etishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan uning 20 oktyabrga qadar rejalashtirilgan barcha uchrashuvlari bekor qilingan.
Ma’lumot uchun, Lev XIV 2025-yil may oyida Rim-katolik cherkovi rahbari etib saylangan. Uning asl ismi Robert Frensis Prevost bo‘lib, u AQSHda tug‘ilgan.
Rim papasida o‘pka saratoni aniqlandi
Administrator2 soat oldin16 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jahon
Dyatlov dovoni: 9 kishi togʻda nega halok boʻlgandi?
13-oktabr, 2026, 13:03230

Jahon
Ar-Riyoddagi aeroportga qilingan hujumda ikki o‘zbekistonlik jarohatlangan
12-oktabr, 2026, 11:3377

Jahon
Buyuk Britaniya Qirg‘izistonning uchta kompaniyasiga sanksiya joriy etdi
11-oktabr, 2026, 11:1689

Jahon
O‘zbekiston dunyoning eng nufuzli mamlakatlari ro‘yxatida 71-o‘rinni egalladi
10-oktabr, 2026, 21:3767