U harakatlangan avtomobil ko‘zdan kechirilganda giyohvandlik moddasi aniqlanib, musodara qilingan.
Rossiyalik mashhur reper Navai Bakirov Qozog‘istonning Jambil viloyatida giyohvandlik moddalari kontrabandasida gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda "Ulysmedia" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 13-oktyabr kuni Qozog‘istonga kirishda, "Qorday" nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida sodir bo‘lgan. Politsiya xodimlari Chegara xizmati bilan hamkorlikda Navai taxallusi bilan tanilgan xonandani to‘xtatgan. U harakatlangan avtomobil ko‘zdan kechirilganda giyohvandlik moddasi aniqlanib, musodara qilingan.
"Ushbu fakt bo‘yicha giyohvandlik vositalari kontrabandasi gumoni bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi Jambil viloyati politsiya departamenti xabarida.
Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, hodisa yuzasidan boshqa ma’lumotlar oshkor etilmagan.
Ma’lumot uchun, Navai Bakirov asli ozarbayjonlik bo‘lgan rossiyalik reperdir. U "HammAli & Navai" dueti tarkibida tanilgan. Duet "Devochka voyna", "Ptichka" va "Pryatki" kabi mashhur qo‘shiqlari bilan katta shuhrat qozongan. Keyinchalik Navai yakkaxon ijodkor sifatida faoliyatini davom ettirgan.
Rossiyalik reper Qozog‘istonda giyohvandlik moddalari kontrabandasida gumonlanib ushlandi
Akmal Eshonxonov68 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jahon
Moskvada mehnat muhojirlari uçun patent narxi 2027-yildan oşadi
27-noyabr, 2026, 14:1346

Jahon
Turkiyaning sayyohlik poyezdlari haqida eşitganmisiz?
27-noyabr, 2026, 11:3533

Jahon
Moskvadagi tungi klubda 12 nafar translar uşlandi: ular içida özbeklar ham bor
26-noyabr, 2026, 22:12121

Jahon
«Özbekgidroenergo» va Yevrosiyo taraqqiyot banki strategik hamkorlikni kengaytiradi
26-noyabr, 2026, 13:0737