Jahon

Rossiyalik reper Qozog‘istonda giyohvandlik moddalari kontrabandasida gumonlanib ushlandi

Administrator2 soat oldin8 ko'rishlar
Rossiyalik reper Qozog‘istonda giyohvandlik moddalari kontrabandasida gumonlanib ushlandi

U harakatlangan avtomobil ko‘zdan kechirilganda giyohvandlik moddasi aniqlanib, musodara qilingan.

Rossiyalik mashhur reper Navai Bakirov Qozog‘istonning Jambil viloyatida giyohvandlik moddalari kontrabandasida gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda "Ulysmedia" xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 13-oktyabr kuni Qozog‘istonga kirishda, "Qorday" nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida sodir bo‘lgan. Politsiya xodimlari Chegara xizmati bilan hamkorlikda Navai taxallusi bilan tanilgan xonandani to‘xtatgan. U harakatlangan avtomobil ko‘zdan kechirilganda giyohvandlik moddasi aniqlanib, musodara qilingan.

"Ushbu fakt bo‘yicha giyohvandlik vositalari kontrabandasi gumoni bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi Jambil viloyati politsiya departamenti xabarida.

Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, hodisa yuzasidan boshqa ma’lumotlar oshkor etilmagan.

Ma’lumot uchun, Navai Bakirov asli ozarbayjonlik bo‘lgan rossiyalik reperdir. U "HammAli & Navai" dueti tarkibida tanilgan. Duet "Devochka voyna", "Ptichka" va "Pryatki" kabi mashhur qo‘shiqlari bilan katta shuhrat qozongan. Keyinchalik Navai yakkaxon ijodkor sifatida faoliyatini davom ettirgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Rossiyalik reper Qozog‘istonda giyohvandlik moddalari kontrabandasida gumonlanib ushlandi | Effect.uz