Jahon

Ar-Riyoddagi aeroportga qilingan hujumda ikki o‘zbekistonlik jarohatlangan

Administrator2 soat oldin61 ko'rishlar
Ar-Riyoddagi aeroportga qilingan hujumda ikki o‘zbekistonlik jarohatlangan

Joriy yilning 10-oktyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid xalqaro aeroportining 3-terminaliga ballistik raketa orqali hujum uyushtirilishi oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi yengil jarohat oldi.

Ma’lum qilinishicha, 1977 va 1997-yillarda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarolari (R.N.X. va T.N.M.)ga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilib, “Diriyah Hospital” shifoxonasiga olib borilgan. Tibbiy ko‘rik va zarur muolajalardan so‘ng ularning har ikkalasiga shifoxonadan javob berilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa vaqtida aeroport hududida bo‘lgan yana 20 nafarga yaqin boshqa O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmagan. “O‘zbekistonning Ar-Riyoddagi elchixonasi Saudiya Arabistonining tegishli idoralari bilan hamkorlikda vaziyatni kuzatib bormoqda, fuqarolarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur konsullik yordamini ko‘rsatmoqda”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 10-oktyabr kuni Yamandagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga hujum qilgan edi. Oqibatda kamida 12 kishi halok bo‘lib, yana 309 kishi yaralangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi Podshoh Xolid xalqaro aeroportiga husiylar tomonidan uyushtirilgan hujumni qat’iy voralagan edi. Shu bilan birga, Uzbekistan Airways Saudiya Arabistonidagi aeroportga qilingan hujumga qaramay, Toshkentdan Jidda va Madinaga amalga oshirilayotgan aviaqatnovlar tasdiqlangan jadval asosida bajarilayotganini ma’lum qilgandi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Ar-Riyoddagi aeroportga qilingan hujumda ikki o‘zbekistonlik jarohatlangan | Effect.uz