Raqobat qoʻmitasi Maxsus komissiyasi tomonidan propan import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonida 2025-yil noyabr dekabr oylari va joriy yilning yanvar oyida propanning birja savdolarida boshlangʻich narxlarni asossiz oshirish va hajmlarni sunʼiy ravishda birja savdolariga chiqarmaslik natijasida propan narxlarini oshirib yuborilishi holati boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan edi.
Qoʻmita tomonidan koʻrilgan tezkor choralar natijasida propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirilishiga erishildi.
Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari hamda ishni koʻrib chiqish jarayonida oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan oʻtkazilgan muhokamalardan kelib chiqib 31 ta
“POYTUGʻ GAZ TOʻLDIRISH KORXONASI” MChJ,
“Taraqqiyot gaz servis” MChJ,
“SHIRIN GAZ SERVIS” MChJ,
“OLTINKOʻL HAMKOR RIVOJ” MChJ,
“OSIYO HAMKOR MAKS” MChJ,
“Inginering Gazavto Servis” MChJ,
“NAMANGAN-ISTIQLOL BOGʻI” MChJ,
“NASAF TAMINOT GAZ PRESS” MChJ,
“FRIDAY-EXSTRA” XK,
“SAIDBEK TURABOV” MChJ,
“PLANETA NEFT GAZ INVEST” MChJ,
“GOLD SAMARKAND OIL” MChJ,
“MAROQAND-ENERGY GAZ OIL” MChJ,
“ASATILLO BOBO GAZ INVEST” MChJ,
“UNIT GROUP SIRDARYA” MChJ,
“GAZONE” MChJ,
“CRITICAL MERCHANT” MChJ,
“NAFTON” MChJ,
“FARGʻONA GAZ TOʻLDIRISH STANSIYASI” MChJ,
“DAVR GLOBAL SYSTEM” MChJ,
“LUTF GAZ OIL” MChJ,
PRIME ENERGI OIL MChJ,
“OILCHEM” MChJ,
“SH-Z HANDSOME GROUP” MChJ,
“CRUDE OIL” MChJ,
“TARBATNEFT” MChJ,
“INTERNEFT” MChJ,
“GTL GAZ” MChJ,
“WIMBLEDON OIL” MChJ,
“INTER GAS OIL LPG” MChJ,
“ENERGIE-GROUP” MChJ
subyekt tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi eʼtirof etildi.
Shundan, 12 ta subyekt
“SHIRIN GAZ SERVIS” MChJ,
“NASAF TAMINOT GAZ PRESS” MChJ,
“FRIDAY-EXSTRA” XK,
“MAROQAND-ENERGY GAZ OIL” MChJ,
“ASATILLO BOBO GAZ INVEST” MChJ,
“UNIT GROUP SIRDARYA” MChJ,
“GAZONE” MChJ,
“FARGʻONA GAZ TOʻLDIRISH STANSIYASI” MChJ,
“OILCHEM” MChJ,
“SH-Z HANDSOME GROUP” MChJ,
“ INTERNEFT” MChJ hamda
“GTL GAZ” MChJ
tomonidan birja savdolarida raqobatga zid boʻlgan muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirganlik holatlari, qolgan holatlarda birja savdolarida boshlangʻich narxlarni asossiz oshirish, mahsulotni qonunchilikka zid ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotganlik harakatlari sodir etganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan 31 ta subyekt tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilganligi eʼtirof etilib, qonunbuzilishi davridagi tovar aylanmasiga nisbatan (28,9 mlrd soʻm) miqdorida moliyaviy jarima qoʻllash hamda asossiz olingan (34,1 mlrd soʻm) pul mablagʻlarini Respublika budjetiga yoʻnaltirish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.
Maʼlumot oʻrnida, maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Propan narxini asossiz ravishda oshirgan 31 ta korxona jarimaga tortildi
Abror Eshonxonov153 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jamiyat
Özbekistonda «Umra» ziyoratiga noqonuniy yuboriş holatlari aniqlandi
10 soat oldin45

Jamiyat
Buxorodagi maktab mojarosi: boşqarma öquvçilar parta taşimaganini aytmoqda, videolarda esa buning aksi
12 soat oldin87

Jamiyat
Namanganda 3,3 mlrd sömlik 23 mingdan ortiq dori vositasi yaşirin ombordan topildi
15 soat oldin54

Jamiyat
Zoyir Mirzayev amfiteatrni taʼmirlaş uçun 7 mlrd söm ajratdi
16-noyabr, 2026, 17:53104