⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!
Society

Elektromobil stansiyalari nega uzilyapti? Vazirga senator so‘rovi yuborildi

Administrator11 h ago64 views
Elektromobil stansiyalari nega uzilyapti? Vazirga senator so‘rovi yuborildi

Ijtimoiy tarmoqlarda elektromobil quvvatlash stansiyalari elektr tarmogʻidan uzilayotgani haqidagi xabarlar jamoatchilik noroziligiga sabab boʻldi.

Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Kobuljon Tursunov Energetika vaziri Jurabek Mirzamaxmudov nomiga elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari faoliyati yuzasidan senator soʻrovi yubordi.

Mamlakatda elektromobillarni rivojlantirish, ularni quvvatlash stansiyalari infratuzilmasini kengaytirish hamda ekologik toza transport vositalaridan foydalanishni ragʻbatlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Soʻnggi yillarda fuqarolik jamiyati, tadbirkorlar va mutasaddi tashkilotlar tomonidan elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil etish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlillar ushbu sohada ayrim muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda elektromobillar hamda quvvat oluvchi gibrid transport vositalari uchun moʻljallangan quvvatlash stansiyalarini elektr tarmogʻidan vaqtincha uzish va ularning faoliyatini cheklash holatlari haqida xabarlar tarqalgan.

Mazkur holatlar jamoatchilik orasida norozilik uygʻotgan.

Shu munosabat bilan Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Qobuljon Tursunov Energetika vaziri Jurabek Mirzamaxmudov nomiga senator soʻrovi yubordi.

Senator soʻrovda elektromobillar va quvvat oluvchi gibrid transport vositalari uchun moʻljallangan quvvatlash stansiyalarini elektr tarmogʻidan uzish sabablarini, ushbu stansiyalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni, infratuzilmani rivojlantirish rejalarini hamda bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan choralar haqida asoslangan maʼlumot taqdim etishni soʻragan.

Share:

Related News

Elektromobil stansiyalari nega uzilyapti? Vazirga senator so‘rovi yuborildi | Effect.uz